Tajriba. Miozinni ajratish
Download 21.15 Kb.
|
1 -2 - labaratoriya ishi. farm 2 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asboblar.
- Labaratoriya ishi-2 Oqsilga xos rangli reaksiyalar 1-Tajriba Biuret reaksiyasi. Kerakli asboblar.
- 2-Tajriba Ksantoproetein reaksiyasi. Reaktivlar. 1.
- 3-Tajriba. Adamkevich reaksiyasi.
Labaratoriya ishi -1-2 Mushak to‘qimasidan oqsillarni ajratib olish. Sutdan kazeinni ajratib olish. Oqsillar va aminokislotalarga xos rangli reaksiyalar. Tajriba . Miozinni ajratish. Miozin muskul oqsili bo’lib, muskul to’qimasidan tuzli eritmalar yordamida ekstraktsiya qilinadi. Hosil bo’lgan ekstraktlar suv bilan suyultirib yoki dializ qilib cho’kmaga tushiriladi. Miozin muskul oqsillarining 55% ini tashkil etadi. Kerakli asboblar. Muz hammomi, qaychi, 1000 ml kolbalar, sentrafuga, doka. Reaktivlar. 0,15 M fosfat buferi, 0,3 M KCl eritmasida tayyorlanadi pH 6,5. 0C gacha sovitilgan distillangan suv. Ishning borishi. Yangi so’yilgan hayvon muskuli to’qimasidan olib maydalanadi. Bu jarayon – 2 C ga olib boriladi. 100 g maydalangan mukulga 300 ml 0,15 M fosfat buferining 0,3 M KCl dagi eritmasidan solib ekstraktsiya qilinadi. Ekstraktsiya -1 C da 10 minut davomida aralashtirib olib boriladi. So’ngra aralashmaga xona haroratidagi suvdan qo’shib hajmi 1000 ml ga yetkaziladi va doka orqali filtirlanadi. So’ngra filtiratni meshalka bilan aktomiozin cho’kmasi hosil bo’lguncha aralashtirib turish lozim. Cho’kma sentrafuga qilinib , ajratib olinadi. Shundan keyin suyuqlikka 0 C sovitilgan 1500 ml distillangan suv 10 minut davomida aralashtirib qo’shiladida 0 C da 2 soat qoldiriladi. So’ngi jarayonda miozinning cho’kmasi sentrafuga qilinib miozin ajratib olinadi va uning izoelektrik nuqtasi aniqlanadi. Tajriba. Sutga kislotalar ( masalan, sirka , sut , xlorid) yoki ammoniy sulfatning, natriy xloridning to’yingan eritmalarini ta’sir ettirib, kazein ajratib olish mumkin. Kazein suvda erimaydi, ishqoriy eritmalarda tez erib ketadi. Sutdan kazeinni ajratib olinganda uning zardobi qoladi. Sut zardobi tarkibida laktoalbuminlar va laktoglobulinlar, laktoza va mineral tuzlar bor. Yog’lar ham kazein cho’kmasi bilan birgalikda cho’kadi. Kerakli asboblar. Kolbalar, stakanlar, silindir 100 ml li pipetka, shisha tayoqcha, filtr qog’oz, varonka. Reaktivlar; Sirka kislotaning o,1% li eritmasi, Natriy ishqorining 1 % li eritmasi, Natriy gidrokarbonatning 5 % li eritmasi, Sut Ishning borishi. Stakandagi 20 -30 ml sut unga nisbatan 3-4 hajmdagi ko’p suv bilan suyultirilib yaxshilab aralashtiriladi va unga tomchilab sirka kislotaning 0,1 % li eritmasidan to kazeinning oq cho’kmasi hosil bo’lishi tamom bo’lguncha qo’shiladi, yog’lar ham kazein bilan birgalikda cho’kadi. Kislota kerakli miqdorda qo’shiladi, chunki ortiqcha kislotada kazein yaxshi eriydi. Cho’kma filtrlangach 2-3 marta distillangan suv bilan yuviladi. Cho’kma va Filtrat keying ishlar uchun ishlatishga olib qo’yiladi. Cko’kmaning ozgina qismiga ( kazein, yog’) natriy gidrooksidning eritmasidan yoki natriy gidrokarbonatidan ta’sir ettirilsa kazein eriydi, yog’ esa muallaq holatda qoladi. Labaratoriya ishi-2 Oqsilga xos rangli reaksiyalar 1-Tajriba Biuret reaksiyasi. Kerakli asboblar. Prabirkalar bilan shtativ, 1,2 va 5 ml pipetkalar, spirt lampasi. Reaktivlar. Soya uni oqsili, tuxum oqsilining eritmasi, Na ishqorining 10 % li eritmasi, mis sulfatning 1 % li eritmasi, Siydikchil Ishning borishi;1. probirkaga 100-200 ml siydikchil eritmasidan solib amiak hidi hosil bo’lguncha qizdiriladi. Hosil bo’lgan massa sovigandan keyin prabirkaga 2ml natriy ishqoridan 1-2 tomchi mis sulfatdan solinadi. Reaksiya natijasida pushti rang hosil bo’ladi. 2. Probirkaga 2ml tuxum oqsilidan solib keyin shuncha hajmda natriy ishqoridan ,1-2 tomchi mis sulfatning eritmasidan qo’shiladi. Reaksiya natijasida qizil-binafsha rang hosil bo’ladi. 2-Tajriba Ksantoproetein reaksiyasi. Reaktivlar. 1.Tuxum oqsilining eritmasi; soya uni oqsili.2. Jelatinning 1%li eritmasi.3. Konsentrlangan nitrat kislota. 4. Natriy ishqorining 20 % li eritmasi. 5. Fenolning 0,1 % li eritmasi. Ishning borishi. Probirkaga 2-3 ml fenol eritmasidan solinadi va 1-2 ml konsentrlangan nitrat kislotasi probirka devorlari orqali quyiladi. Ehtiyotkorlik bilan qizdirilganda sariq rang hosil bo’ladi. Probirkaga 1-2 ml tuxum oqsilidan solib unga 8-10 tomchi konsentrlangan nitrat kislota qo’shib qizdirilganda cho’kma sariq rangga kiradi. Sovigandan keyin probirkaga ehtiyotkorlik bilan ammiak eritmasidan yoki natriy ishqori eritmasidan qo’shiladi. 3-Tajriba. Adamkevich reaksiyasi. Triptofan aminokislota eritmasiga konsentrlangan atsetat kislota qo’shib, propirka devori bo’ylab pipetkadan sekin konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Bunda ikki suyuqlik chegarasida qizil- binafsha halqa hosil bo’ladi. Bu atsetat kislota tarkibida aralashma sifatida uchraydigan glioksilat bilan triptofan kislotali muhitda rangli mahsulotlar hosil qilish xususiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Ishning borishi. Probirkaga 1 ml 0,05% li triptofan va 1 ml konsentrlangan atsetat kislotadan quyiladi. Probirkani biroz qizdirib teng hajmda probirka devori bo’ylab yana konsentrlangan atsetat kislotadan qo’shiladi. 10 minut o’tgach har ikkala suyuqlik chegarasida qizil binafsha rang hosil bo’ladi. Download 21.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling