M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
2.3. Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish 
Aminokislotalarni toza holda ajratib olishning yana bir xili, ba’zi 
tabiiy oqsillarni kislotali, ishqoriy va fermentativ gidrolizlash hisobla-
nadi. Bu tabiiy manbalar sifatida go‘sht sanoatining chiqindilari, sut ka-
zeini, bug‘doy kleykovinasi va boshqalardan foydalanish mumkin 
bo‘ladi. Lekin bu uslubning qator kamchiliklari mavjud, ular aminokis-
lotalarni ko‘p tonnali hajmda ajratib olishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu kam-
chiliklarning muhimlaridan biri manba xizmatini o‘tovchi xom-ashyon-
ing miqdoriy jihatdan cheklanganligi va uning nostandartligi, shuning-
dek aminokislotalarni ajratish va tozalash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p 
bosqichli kimyoviy ishlovlarni talab qilinishi hisoblanadi. 
Bundan tashqari gidroliz uchun mineral agentlardan foydalanganda 
ko‘p qimmatli aminokitslotalar: triptofan, treonin, sistein, serinlar par-
chalanib ketishi, proteolitik fermentlardan foydalanish esa, peptid 
bog‘larni to‘liq parchalanishini ta’minlamasligi, ish unumini ancha 
pasaytiradi. 


22 
2.4. Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish 
Bugungi kunda aminokislotalarni ajratib olinishini hamma uslublari 
orasida mikrobiologik uslubga ko‘proq e’tibor beriladi. Bu uslubning 
ustunligi shundaki, unda kimyoviy biosintez uchun xos bo‘lgan kam-
chiliklar uchramaydi va ajratib olinadigan aminokislotalar biologik faol, 
ya’ni L-shaklda olinadi. Bu narsa chorvachilik uchun yem-oziqa tarki-
biga qo‘shib beriladigan texnik preparatni ajratish va tozalash imkonini 
beradi. Aminokislotalarni L-shaklini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni 
tashkil qilish ikki xil texnik sxema asosida amalga oshirilishi mumkin. 
Ular bir biridan asosan mikrob o‘stirilgan suyuqlikni olish bosqichlari 
bilan farqlanadi. Birinchi xili bo‘yicha mikrob o‘stiriladgan suyuqlikni 
ikki bosqichda (ikki bosqichli uslubda) olinsa, ikkinchisi bir bosqichda 
(bir bosqichli uslubda) olinadi. Ikki bosqichli uslubda olinishi lozim 
bo‘lgan aminokislotani mikrob hujayralarida, uni sintezlanishi uchun 
xizmat qiladigan eng arzon turadigan manbalardan foydalanishni naz-
arda tutadi. Bu o‘rinda manba sifatida xizmat qiladigan moddani hosil 
qilish va uni keyingi bosqich uchun tayyorlash jarayonning birinchi 
bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichga ferment preparatini (odatda mikrob 
tabiatli) biosintezi ham kiradi, hamda bu ferment manba sifatida xizmat 
qiladigan moddani maqsadli ravishda tegishli aminokislotagacha trans-
formatsiyalaydi. Bunda sanoat miqyosida fermentlarning produsenti 
(mikroorganizmlar biomassasi) ni o‘stiriladi. Biomassani mikrob o‘sti-
rilgan suyuqlikdan ajratiladi va bevosita transformatsiya uchun foydala-
niladi yoki imkoniyat chegarasidagi har xil uslublar (mexanik, fizik-ki-
myoviy, kimyoviy) vositalar yordamida hujayralarni shikastlantirgandan 
so‘ng foydalaniladi 
Ikkinchi bosqichda esa, birinchi bosqichda mikroorganizm tomo-
nidan ishlab chiqarilgan ferment tizimidan foydalanib, aminokislotani 
sintezlanishi uchun xizmat qiluvchi moddani aminokislotagacha trans-
formatsiyalanadi. 


23 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling