M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 AMINOKISLOTALARNI MIKROORGANIZMLAR


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
3. AMINOKISLOTALARNI MIKROORGANIZMLAR 
HUJAYRALARI YORDAMIDA BIOSINTEZLASH 
Tayanch iboralar: piruvat, 3-fosfogliserat, otquloqsirka kislota, 
alfa-keto-glutar kislota, fosfoenoil piruvat-eritroza-4-fosfat, 5-fosfo-
ribozil-1-pirofosfat, ATF, auksotrof va boshqaruvchi mutantlar, L-
glutamin kislota, L -prolin, Sorun. Glutamicum, L-lizin, L-treonin, aro-
matik aminokislotalar. 
 
3.1. Aminokislotalar biosintezi uchun xizmat qiladigan moddalar 
Ma’lumki, mikrob hujayralari oqsillari tarkibiga aminokislotalarning 
20 tadan iborat bo‘lgan to‘liq tarkibi kiradi va bu prototrof 
mikroorganizmlar aminokislotalarni oziqa muhitidagi karbon, azot va 
oltingugurt tutuvchi birikmalaridan biosintezlaydi. Karbonning manbayi 
sifatida karbonsuvlar, karbonvodorodlar va ularning oraliq oksidlanish 
mahsulotlari bo‘lishi mumkin. Karbon manbalari sifatida karbonsuvlar-
ning: glikolizi, ularning Entner-Dudarev yo‘li bilan almashinuvi va 
pentozafosfat, shuningdek, uch karbon kislotalar sikli kabi ketma-ket 
keladigan metabolitik jarayonlarning kechishi tufayli hosil bo‘ladigan 
oraliq mahsulotlar xizmat qiladi. Bu aminokislotalarning sonini ko‘p 
bo‘lishiga qaramay, hamma vaqt ularning biosintezi uchun deyarli bir xil 
modda xizmat qiladi va faqat gistidinning sintezigina o‘ziga xos jihatga 
ega. 2-Jadvalda aminokislotalarning biosintezida ishtirok etadigan 
hamma oraliq moddalar va ulardan hosil bo‘ladigan aminokislotalar 
keltirilgan. 
Biroq ba’zi mikroorganizmlar uchun xos bo‘lgan narsa, bu ham 
bo‘lsa, bir aminokislotani o‘zi har xil manbalardan hosil bo‘ladi. 
Masalan, lizin ham otquloqsirka kislotadan, ham alfa-ketoglutar kislo-
tadan sintezlanishi mumkin. Mikroorganizmlarning taksonomik jihati va 
fiziologik guruhlariga mos holda karbon skeletini aminlanishi uchun 
ammoniy tuzlari, nitratlar yoki molekulyar azot xizmat qilishi mumkin. 
Ammiak azoti oksidlanish darajasi nuqtai nazaridan mikrob hujayrasini 
organik komponentlariga ko‘proq mos kelganligi sababli ko‘p bakterial 
va achitqili muhitlarda ancha oson o‘zlashtiriladi. 


24 
2-jadval 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling