M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
 


39 
 
4. L-AMINOKISLOTALARNI MIKROBIOLOGIK USLUBDA 
SINTEZLASH VA SANOAT MIQYOSIDA ISHLAB CHIQARISH 
TEXNOLOGIYASI 
 
Tayanch iboralar: Bir bosqichli tizim,ikki bosqichli tizim, yem-
oziqa uchun olinadigan amnokislotalar, L-lizin (alfa-epsilon-diamino-
kapron kislota), oziqa muhitini tayyorlash, sterillash, texnologik jihozlar, 
qurilmalar, o‘stiriladigan bakterial material produsent, fermentyor 
qurilma, Brevibacterium sp., Coryn glutamicum, suyuq lizin konsentrati. 
4.1. L-aminokislotalarni mikrobiologik sintezi haqida umumiy 
tushunchalar 
Yuqori darajada tozalangan kristall aminokislota preparatlarini sa-
noat miqyosida ishlab chiqarishda ikkilamchi metabolitlarni hosil qilish 
va ajratib olish uchun qo‘llaniladigan tipik sxemadan foydalaniladi. Eng 
ko‘p qo‘llaniladigan uslub har qanday aminokislotani bir bosqichli 
mikrobiologik sintezlash uslubi bo‘lib, dastlabki produsentlarni bir 
qancha bosqichlarda agarlashtirilgan muhitda dastlabki manba vazifasini 
bajaradigan namuna sifatida alohida kolbachalarda o‘stiriladi va keyin-
chalik ularni inokulyatorlar tizimidagi o‘stirish apparatlariga ko‘chi-
riladi. Bundan keyin esa, mutantlarni sanoat ishlab chiqarishi miqyosida 
ishlaydigan fermentyorlarda o‘stiriladi. Fermentatsiyani nihoyasiga yet-
kazgandan keyin mahsulotli aralashmani filtrlanishini osonlashtirish 
maqsadida produsent hujayralaridan xolis bo‘lishga kirishiladi. Shu 
yo‘sinda ajratib olingan suyuqlik sorbsion uslub yordamida bo‘yoqli 
chiqindilardan tozalanadi. Maqsadli aminokislotani ion-almashinuvi xro-
motografiyasi yoki cho‘ktirish uslublaridan foydalangan holda ajratiladi. 
Elyuatlar yoki dastlabki mahsulotli manbani konsentrlash ishlari 
vakuum-bug‘latish (liofilizatsiya) yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda 
hosil bo‘lgan texnik mahsulotni tozalik darajasini yanada oshirish uchun 
uni oldin to‘yingan eritmada eritiladi va keyin qaytadan kristallizatsi-
yalanadi. Toza kristallangan mahsulotni ajratib olish jarayoni odatda 
tozalangan kristall mahsulotlarni liofilizatsiyalash va eng so‘nggida 
qadoqlash orqali nihoyasiga yyetkaziladi. Bu xildagi sanoat ishlab chiqa-
rishi uchun aminokislotalar ajratib olishda muhitdagi utilizatsiyalanma-


40 
gan dastlabki suyuq qoldiq va produsentning biomassa qoldig‘i, ishlab 
chiqarish jarayonida ion-almashinuvi kolonkalarini oqar suv bilan yu-
vilgan yuvindilarini hammasini qo‘shib, birlashtirib vakuum-bug‘lat-
kichda 10 % gacha namlik darajasigacha quritiladi. 
Tarkibida asosiy moddasi uncha ko‘p (10 % dan oshiq) bo‘lmagan 
aminokislotalarning yem-oziqa preparatlarini ajratib olish texnologiyasi 
mikrob o‘stirilgan suyuqlikni vakuum-bug‘latishdan oldin stabillash-
tirish, undagi quruq moddalarni vakuum-bug‘latkich qurilmada kon-
sentrlash, bug‘latilgan eritmaga tegishli miqdorda qo‘shimchalar qo‘-
shish asosida standartlash, hosil bo‘lgan tayyor mahsulotni quritish va 
qadoqlash ishlarini o‘z ichiga oladi. 
Texnik yoki yem-oziqa preparatlarini asosiy mahsulotga boy bo‘l-
gan xillarini ajratib olishda aralashmani produsent hujayralaridan xolis 
qilinadi va undagi aminokislotalarni qisman konsentrlash maqsadida 
ion-almashinuvi xromatografiyasi yoki tuzlash yo‘li bilan cho‘ktirish 
ishi amalga oshiriladi. 
Aminokislotalarni bir bosqichli uslub asosida ajratib olishda produ-
sent sifatida auksotrof mutantlardan foydalanilgani, ular esa o‘zlarini 
o‘sishi va biosintezi uchun muhitda engil o‘zlashtiriladigan karbon, azot, 
shuningdek vitaminlar kabi biofaol ikkilamchi metabolitlarning bo‘li-
shini talab qilganligi sababli bu ishlarni tashkil qilishda antiseptika 
qoidalariga rioya qilishga to‘g‘ri keladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling