M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


O‘stirish materialini sanoat ishlab chiqarishi inokulyatorlarida yoki


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
O‘stirish materialini sanoat ishlab chiqarishi inokulyatorlarida yoki 
o‘stirish apparatlarida ajratib olish 
Bu juda kerakli texnologik jarayon bo‘lib, sanoat ishlab chiqarishi 
miqyosida yuqori sifatli produsent biomassali hujayralarni ajratib olish 
va ularni fermentyorlarda o‘stirish uchun kerak bo‘lgan miqdorda yetka-
zishni nazarda tutadi. Mikroblarni o‘stiradigan apparatlardagi, shuning-
dek asosiy fermentyorlardagi jarayonning boshlanishi, ularda sanoat 
ishlab chiqarishi miqyosida qo‘llanaladigan shtammlarni o‘stirish uchun 
ko‘paytirishni o‘z ichiga oladi. Produsentning xiliga qarab o‘stiriladigan 
mikrob materialning o‘stiriladigan apparatga kiritilishi ancha farqli ko‘r-
satkich darajasida bo‘ladi, ya’ni uning miqdoriy ko‘rsatkichi 1 dan 20 % 
gacha (odatda 3-5 %) bo‘lishi mumkin. Mikrob o‘stiriladigan apparat-
ning alohida qismlarini konstruksiyasi (aralashtirish uslubi, ko‘pikni 
mexanik so‘ndirilishini samaradorligi va boshqalar) ga qarab to‘ldiriladi, 
ko‘pincha umumiy hajmning 0,5-0,7 qismini tashkil qiladi. 
Muhitdagi aralashma doimo aralashtirilib turiladi va unga steril ha-
voni bosim ostida kiritish yoki turbina aralashtirgichini 300 ayl. tez-
ligi/min hisobida aylantirish orqali erishiladi. Produsent mikrobni o‘sti-
rishda oziqa muhitini tarkibi o‘stiriladigan shtammning xiliga va asosiy 


43 
karbon manbayi xiliga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Masalan, lizin-
ni ajratib olish uchun kerakli produsentni o‘stirish uchun zarur bo‘lgan 
oziqa muhitining tarkibi 4-Jadvalda keltirilgan: 
 
4-jadval 
Lizinni ajratib olish uchun kerakli produsentni o‘stirish uchun 
zarur bo‘lgan ozuqa muhitining tarkibi (% hisobida) 
№ 
Moddalarning nomi 
 % 
1 Qand lavlagisi chiqindisi (shakarning miqdori bo‘yi-
cha) 
7.5 
2 Makkajo‘xori ekstrakti (quruq modda hisobida 50 %) 
2.0 
3 Ammoniy sulfat 
2.0 
4 Kaliy fosfat bir almashingan 
0.05 
5 Kaliy fosfat ikki almashingan 
0.05 
6 Bo‘r 
1.0 
7 Sintetik ko‘pik so‘ndirgich 
0.1 
8 Suv 
Qolgan qism 
9 Muhit pH 
6.9-7.0 
O‘stiriladigan shtammni 28-32 
0
C da 18-24 soat oralig‘ida va 1 
minutda 1 hajm suyuqlikka 1 hajm havo sarflanishi sharoitida o‘stiriladi. 
Jarayonning kechishini boshidan oxirigacha muhit pH ni 7,0-7,2 chega-
rasida ushlab turiladi. Jarayonning nihoyasiga etishini muhit suyuqligini 
optik zichligi, hamda o‘sib yetilgan mikrob hujayralarning morfologik 
belgilariga qarab aniqlanadi. Lizin produsentlarini atsetat muhitida 
o‘stirish qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Muhitda atsetatni bo‘lishi 
uch karbon kislotalari sikli fermentlari faolligini bo‘g‘ib qo‘yadi, Shu 
sababli reaksion aralashma tarkibidagi substratning miqdoriy ko‘rsatki-
chi 2 % dan oshmasligi kerak. Shu sababli uni reaksion muhitga bo‘lib-
bo‘lib kiritiladi. Mikrob biomassasini sanoat miqyosida ishlab chiqar-
ishda sirka kislotani ammoniy atsetat bilan birga qo‘shib ma’lum nis-
batlarda muhitga kiritish yaxshi samara beradi, bunda bu nisbatni har xil 
shtammlar uchun eksperimental yo‘l bilan alohida aniqlanadi. Bunda 
sirka kislota hisobiga sarhisob qilinganda atsetat ionlarining umumiy 
konsentratsiyasi 1,5-2,0 % dan oshmasligi lozim. Hujayralarning o‘si-
shiga ham, lizinning biosintezi uchun ham substrat sifatida atsetat va en-
gil o‘zlashtiriladigan karbonsuv glyukoza yoki saxaroza xizmat qilganda 
eng istiqbolli natijaga erishilgan. Fermentatsiya jarayoni nihoyasiga yet-


44 
ganda mikrob o‘stiriladigan apparatda faglar, begona mikroflora 
bo‘lmasligi va uning 1 ml da titri 10000000000 atrofida bo‘lishi kerak. 
O‘stirilgan produsent mikrobiologik nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng, 
uni sanoat miqyosida amalga oshiriladigan ishlab chiqarishda ishlatish 
uchun tavsiya qilinadi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling