M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
L-treonin ham xuddi lizin kabi sintezlanadi. Treoninni produsentlarini
ajratib olishdagi seleksion ishlar ikkita oilaga mansub bo‘lgan shtammlar, ya’ni korinebakteriyalar va enterobakteriyalar bo‘yicha olib boriladi. Bu 35 mikroorganizmlarda aminokislotalarning biosintezini nazorat qilinish ta- moyili bir biridan tomoman farq qiladi. Korinebakteriyalarda 4-Rasmda ko‘rsatilganidek biosintezning boshqariluvi o‘zaro mutanosib holda yuz beradigan ingibirlanish orqali, ya’ni muhitda izoleysin, metionin yoki liz- inning yetishmovchiligi oshiqcha miqdorda treoninning sintezini keltirib chiqarmaydi, chunki u GD ni ingibirlaydi, shu sababga ko‘ra o‘zini oshiq- cha miqdordagi sintezini oldini oladi. Korinebakteriyalardan treoninni pro- dusent mutantlarini ajratib olishning yagona yo‘li-treoninga nisbatan sezgir bo‘lmagan GD li boshqaruvchi mutantlarni seleksiyalashdan iboratdir. Se- lektiv agentlar sifatida treoninning analoglaridan, ko‘pincha beta-oksinor- valin, 2-amino-3-oksivalerian kislota (AOV) dan foydalaniladi. Brev. fla- vum mutantlari OAV ga chidamli va ikki xil boshqaruv mutatsiyasiga ega, ham GD ni, ham AK ni retroingibirlanishini izdan chiqaradi. Bu xildagi shtammlardan bir yo‘la treonin ham, lizin ham ajraladi. Enterobakteriyalar tomonidan aminokislotalar biosintezini boshqarish izofermentlardan foy- dalanib differensial boshqarish tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi (4- Rasm). 4-Rasm. L-treoninning sintezlanish sxemasi 36 Eischerihia colida uchta aspartokinaza (AK) va ikkita gomoser- indegidrogenaza (GD) lar borligi aniqlangan. AK-1 treonin tomonidan ingibirlanadi va repressivlanadi, AK-2 metionin tomonidan repressivla- nadi, AK-3 lizin tomonidan ham ingibirlanadi, ham repressivlanadi. AK- 1 va AK-2 ga o‘xshash tarzda GD-1 va GD-2 larning fermentativ faol- liklari ham boshqariladi. Muayyan boshqaruv tizimi bo‘yicha treonin- ning produsent-mutantlarini ajratib olishda biosintezning so‘nggi mahsulotlari hisoblanmish aminokislotalarga nisbatan tanqislik mutatsi- yasini kiritish, ya’ni uchlamchi auksotroflar ajratib olish kerak bo‘ladi. Ilmiy adabiyotda Eischeria coli negizida shu xildagi mutantlarni ajratib olingani haqida ma’lumotlar keltirilgan. Uchlamchi (DAP, metionin, izoleysinga bog‘liq bo‘lgan) auksotroflar yordamida 15-20 g/l treonin sintezlangan, bunda reaksion muhitda lizinning dastlabki mahsuloti DAP, metionin va izoleysinlar esa mutantni o‘sishi uchun yetarli bo‘lgan miqdorda bo‘lgan. Bu narsa bunday mutantlarni sanoat ishlab chiqarishi miqyosida tanlab olishni qiyinlashtiradi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling