M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

Aromatik aminokislotalar. So‘nggi paytda aromatik aminokislo-
talar-triptofan, fenilalanin va tirozinlarni produsent mikroorganizmlarini 
shtammlarini seleksiyalash katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib bormo-
qda. Mikrob hujayrasida bu birikmalarni sintezi xorizm kislotasigacha 
umumiy yo‘l bo‘yicha borsa, keyinchalik ikkita tarmoqqa ajraladi, ular-
dan biri triptofanning sinteziga qarab ketsa, ikkinchisi prefen kislota 
orqali tirozin va fenilalanin tomon yo‘nalgan bo‘ladi (5-Rasm). 
Aromatik aminokislotalarning mutant-produsentlarini ajratish bo‘yicha 
olib boriladigan seleksion ish uchta oila vakillari: korinebakteriyalar 
(Brev. flavum, Coryn.glutamicum), basillalar (Bac. subtilis) va entero-
bakteriyalar (E.coli) orasida o‘tkaziladi. Bu mikroorganizmlar uchun 
umumiy boshqarilish yo‘li birinchi ferment bo‘g‘ini-3-dezoksiarabino-
geptulozo-7-fosfatsintetaza (DAGF) da joylashgan, lekin bu fermentning 
boshqarilish mexanizmi o‘zaro farqlanadi. Korinebakteriyalarda DAGF 
ning faolligi fenilalanin va tirozinlar tomonidan o‘zaro mutanosib ingi-
birlanishga duch keladi. Bu xildagi aromatik aminokislotalarning produ-
sentlarini seleksiyalashda birinchi bosqichda umumiy dastlabki xom-
ashyo mahsulot-xorizm kislotasi hosil qiladigan auksotrof-shtammlarn-
ing ajratilishi lozim bo‘ladi. Triptofan produsentlarini seleksiyalash ish-
larini olib borishda fenilalanin va tirozin bo‘yicha auksotrof mutantlar-
dan foydalaniladi; fenilalanin produsentlarini ajratishda esa tirozin 
bo‘yicha auksotroflardan foydalaniladi. 


37 
5-Rasm. Aromatik aminokislotalar sintezi sxemasi 


38 
Bu mutantlarning mahsuldorligini oshirish uchun ular asosida bosh-
qaruvchi mutantlarni ajratib olish va bu boshqaruvchi mutantlarda bios-
intezning birinchi fermenlari desensebillangan bo‘lishi lozim bo‘ladi. 
Triptofan produsentlari uchun bu narsani amalga oshirishda adenilatsik-
laza (AS) ni desensebillaydigan uning analoglari (5-metiltriptofan, 6-
ftortriptofan va boshqalar) ga nisbatan rezistent bo‘lgan mutantlarni 
ajratish asosida ish yuritiladi. Bu xil mutantlar glyukozani to‘g‘ridan 
to‘g‘ri triptofanga aylantirishi mumkin va bunda mahsulot hosil bo‘lish 
unumdorligi 10-12 g/l ga yetadi. Bosqichli tanlov asosida ajratib olingan 
fenilalanin produsentlari analoglar (p-ftorfenilalanin, p-aminofenilalanin 
va boshqalar) ga nisbatan chidamli bo‘lgan shtammlar shakarli muhitda 
20g/l dan ziyodroq miqdorda maqsadli mahsulot yig‘ishi mumkin. Se-
leksion ishda muvaffaqiyatli ravishda foydalanilayotgan Bac.subtilis 
ham bitta DAGF ga ega uning sintezi tirozin va fenilalanin tomonidan 
repressivlanadi, faolligi esa, xorizm va prefen kislotalar tomonidan ingi-
birlanadi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling