M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


L-glutamin kislotani biosintezi va uni sintezlashni jadallashtiruvchi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
L-glutamin kislotani biosintezi va uni sintezlashni jadallashtiruvchi 
mikroorganizmlarni seleksiyasi 
 
L-glutamin kislota sanoat miqyosida mikrobilogik sintez asosida 
ajratib 
olingan 
birinchi 
aminokislota 
hisoblanadi. 
Bu 
sintez 
jarayonlarining produsentlari sifatida korinebakteriyalarning glutamat 
hosil qiluvchi yovvoyi shtammlaridan foydalanilgan. 
Bu shtammlarning me’yoriy chegarada o‘sishini ta’minlaydigan 
sharoitda bu aminokislotaning o‘ta ko‘p miqdorda sintezlanishi amalga 
oshmaydi. Korinebakteriyalarning yovvoyi shtammlari tomonidan bu 
mahsulotning «oshiqcha miqdorda» ishlab chiqarilishi maxsus fiziologik 
sharoitlarda, ya’ni hujayralarning o‘sishi to‘xtaganda, hujayra membra-
nasida tuzilmaviy va funksional o‘zgarishlar sodir bo‘lib, uning o‘tkazu-
vchanligini glutamin kislotasiga nisbatan kuchayishi tufayli yuz beradi. 
Bunday sharoit muhitda biotinning limiti (1-5 mkg/l) yuzaga kelganda 
paydo bo‘ladi. Aynan shunday samara mikrobli muhitga ba’zi antibi-
otiklarni va detergentlarni qo‘shganda yuz beradi. Hujayrada hosil 
bo‘layotgan glutamin kislotaning jadal ravishda undan chiqarilishi, bu 
aminokislotaning hujayra ichidagi konsentratsiyasini keskin pasaytiradi 
va natijada so‘nggi mahsulotni, ya’ni uning ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan 
maxsus oqsilning sintezi susayadi. Bunday sharoitda hattoki yovvoyi 
shtammlar foydalaniladigan karbon manbayini 50 % ni glutamin kislo-
taga aylantirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu aminokislotani produsentlari 
bo‘yicha olib boriladigan seleksion ishlar asosan faolligini sustligi bilan 
ajralib turadigan alfa-ketoglutaratdegidrogenaza (glutamin kislota uchun 
xom-ashyo vazifasini bajaruvchi moddani uch karbon sikliga qo‘shuvchi 
ferment) li auksotrof mutantlar ajratib olish, so‘nggi mahsulot bilan 
ingibirlanishga sezgirligi sustligi bilan tavsiflanuvchi L- glutamat-
degidrogenazali boshqaruvchi mutantlarni va biotinning oshirilgan 
miqdorida mahsulot hosil qilishga qodir bo‘lgan mutantlarni tanlab olish 
yo‘nalishida olib boriladi. Mutantni bosqichli tanlaganda seleksion us-
lubning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan ya’ni, unga mutagen ta’sir ko‘rsatgan-
dan so‘ng mutantni biotinning mo‘l miqdori (30mkg/g) muhitida baho-
lash orqali amalga oshiriladi. Odatda qand lavlagisi chiqindilaridan mik-
roblarni o‘stirishda yagona karbon manbayi sifatida foydalanilganda, 
reaksion muhitda 50 g/l gacha glutamin kislota yig‘iladi va muhitga 


30 
qo‘shimcha ravishda biomembranalarning o‘tkazuvchanligini oshiruvchi 
sirt tarangligi yuqori bo‘lgan moddalarni kiritishning hojati bo‘lmaydi. 
Yapon olimlari qand lavlagi chiqindilaridan mikrob uchun karbon 
manbayi sifatida foydalanib, glutamin kislotani ajratib olishda harorat 
rejimini o‘zgartirish orqali mutant tanlashni yo‘lga qo‘ydilar. Haroratga 
nisbatan sezgir bo‘lgan mutantlarni o‘stirib, so‘ng haroratni 40 
0
C chega-
rasigacha oshirish hujayra membranalarini shikastlanishiga va hujayrada 
hosil bo‘lgan glutamat kislotani hujayraning tashqarisiga chiqishiga olib 
keladi. Bunday mutantlar qand lavlagisi chiqindilari karbon manbasi si-
fatida foydalanilgan muhitda 20-26 g/l gacha glutamat ajratishi mumkin 
ekan. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling