M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
2-rasm. L-lizinning hosil bo‘lish sxemasi 33 Bu uslubda ish yuritishda fermentlar faolligini boshqarish ha- nuzgacha yyetarli darajada o‘rganilgan emas. Shu sababli mutantlar ora- sida aminoadenilat yo‘li bilan sintezlovchi xillari ajratib olinmagan va bu ishlar sanoat miqyosida yo‘lga qo‘yilmagan. Yuksak o‘simliklar, bakteriyalar, ba’zi suv o‘tlari lizinni boshqa yo‘l bilan biosintezlanishi ma’lum. Bu yo‘l asparagin kislota orqali boshlanib alfa-diaminopimelin (DAP) kislotani hosil bo‘lishi va uning lizinga ay- lanishi bilan nihoyasiga etadi. Aspartat oilasiga tegishli aminokislota- larning biosintezini boshqarilishi dastlabki ferment-beta-aspartokinaza (AK) darajasida yuz beradi. Lizinning produsentlari-glutamat hosil qilu- vchi korinebakteriya: Corynoebacterium glutamicum, Brevibacterium flavum lar yagona beta-aspartokinazaga ega, uning faolligi treonin va lizin o‘rtasidagi o‘zaro mutanosib holda sodir bo‘ladigan ingibirlanish tamoyili asosida boshqariladi. Buni 2-Rasmda ko‘rish mumkin: 3-Rasm. Yuksak o‘simliklarda lizinning hosil bo‘lish sxemasi Treoninning sintezi gomoserindegidrogenaza (GD) ga bog‘liq, lizin- ning sintezi esa, bu aminokislotani biosintezlanish yo‘li tarmog‘ining bir- inchi fermenti-digidrodipikolinat sintetaza (DDPS) tomonidan katalizla- nadi. Lizin va treoninning sintezida sintez uchun xizmat qiladigan dast- 34 labki modda umumiy bo‘lib, u asparagin kislotaning yarimaldegidi hisoblanadi va korinebakteriyalarning yovvoyi shtammlarida asosan treoninni sintezi uchun sarflanadi, chunki GD ning faolligi DDPS ning faolligiga nisbatan 15 martaga yuqori bo‘ladi, ya’ni lizinning biosintezi aslida hujayraning treonin, metionin va izoleysin bilan to‘yinganidan keyin boshlanadi. Shu sababga ko‘ra lizinni ko‘p miqdorda ajratib olishni yo‘lga qo‘yish uchun bu metabolitlarni biosintezini blokada qilish lozim bo‘ladi. Bunga erishish uchun esa, GD yoki gomoserinkinaza (GK) ni faolligini bo‘g‘ib qo‘yish kerak bo‘ladi. Glutamat hosil qiluvchi mikroblardan foy- dalanilganda, prototrof shtammlarga qarshi mutagen omillar ta’sir etdiri- ladi. Lizin hosil qiluvchi mutantlarning uchta sinfi ma’lum: 1. Gomoserin bo‘yicha GD faolligisiz yoki treonin bo‘yicha GK faolligisiz bo‘lgan auksotroflar. Lizinning eng ko‘p yig‘iladigan (sar- flangan karbonsuvning 40 % gacha miqdorda) yo‘li auksotroflarning gomoserin yo‘li hisolanadi. Chunki bu xil mutantlarda GD ni blokadasi treonin sintezini to‘xtatadi va muhitda gomoserin (yoki treonin) ni miqdoriy jihatdan cheklab qo‘yib AK ni ingibirlanishiga chek qo‘yadi. Bu holatda asparagin kislotaning yarimaldegidi faqat lizin hosil qilish uchun sarflanali. Treonin bo‘yicha auksotroflar kamroq mahsuldor bo‘ladi, chunki GD faolligi qisman saqlanganligi sababli sintezda ishti- rok etadigan dastlabki mahsulotning bir qismi gomoserin sintezi uchun sarflanadi. Coryn. glutamicumning gomoserin va treonin bilan bog‘liq mutantlari mutagen (UB-nurlar, dietilsulfat, nitrozoetilmochevina) larn- ing ta’sirida ko‘p bosqichli tanlov asosida ajratib olingan. 2. Metionin va treoninga sezgir shtammlar-Brev. flavumda GD faolligi 20-50 martaga pasaygan bo‘ladi, lekin shunga qaramay, bu ferment hujay- raning gomoseringa bo‘lgan ehtiyojini qondiradi va uni muhitga kiritish talab qilinmaydi. Bu xildagi mutantlar 20 g/l gacha lizin yig‘ishi mumkin. 3. Lizinning analogorezistent protomorf produsentlari. Ularni selektiv uslub yordamida lizinning analoglari-aminoetilsistein (AES) dan foyda- lanib ajratib olinadi, chunki bu modda treonin bilan birgalikda korinebak- teriyalarning o‘sishini to‘xtatadi. Bu xildagi mutantlar 15 g/lgacha lizinni yig‘ishi mumkin. Hozirgi paytda analogo-rezistentlik va auksotroflik ta- moyillarini birgalikda qo‘shib foydalanish asosida qand lavlagisi chiqindi- larini oziqa muhiti sifatida ishlatib 40g/l gacha, sirka kislotali oziqa mu- hitida esa 70g/l gacha lizin yig‘ilishiga erishish mumkin. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling