M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Lizin aminokislotasini ajratib olishda foydalaniladigan Brevibacte-


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

Lizin aminokislotasini ajratib olishda foydalaniladigan Brevibacte-
rium sp 22 L shtammlari uchun zarur bo‘lgan ozuqa muhitning 
tarkibi ( % hisobida) 
 
№ 
Moddalarning nomi 
 % 
1 Ammoniy atsetat 
1.5 
2 Glyukoza 
1.0 
3 Bir almashingan kaliy fosfat 
0.02 
4 Magniy sulfat 
0.04 
5 Ammoniy sulfat 
3.0 
6 Soya uni gidrolizati (quruq modda hisobida) 
1.5 
8 Suv 
Qolgan qism 
Produsentning me’yoriy chegarada o‘sishi va rivojlanishi uchun 
muhitda fosforning bo‘lishi shart. Uni oziqa muhiti tarkibiga kaliyli 
tuzlar tarzida kiritiladi. Lekin fosforning muhitdagi miqdoriy 
ko‘rsatkichlari 8-20 mg/ % chegarasida cheklangan bo‘ladi. Muayyan 
konsentratsiyani bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarish Corin. glutamicum pro-
dusenti uchun lizin hosil qilish jarayonini ikki martaga kamaytiradi. 
Lizinning barcha produsentlari u yoki bu darajada qator mikroelement-
lar: magniy, temir, mis, marganetsga nisbatan ehtiyoj bildiradi. Bu met-
allarni reaksion muhitga sulfat kislota tuzlari holatida: ammoniy sulfat-
0,03-0,05 %, qolgan tuzlarni kamroq, ya’ni 0,0008-0,001 % gacha 
bo‘lgan miqdorda kiritiladi. Agar makkajo‘xori ekstrakti, kand lavlagisi 
chiqindilari va boshqa komponentlar tarkibida bu mikroelementlar 
yetarli miqdorda bo‘lsa reaksion muhitga maxsus ravishda temir, mis va 
marganetslarni kiritilmaydi. Lizinni mahsulot sifatida ishlab chiqarish 
samaradorligi fermentatsiya jarayonini asosiy parametrlariga: harorat, 
erigan holdagi kislorod konsentratsiyasi, jarayonni o‘tkazish muddati, 
o‘stiriladigan mikrob materialining dozasi va uning yoshiga bevosita 
bog‘liq bo‘ladi. Lizin aminokislotasi produsentlarini o‘sishi, rivojlanishi 
va boshqa aminokislotalarning biosintezi uchun 28-30 
0
C optimal haro-
rat hisoblanadi. Produsentni o‘stirish jarayonida haroratni 5 
0
C oshirish 
hujayralarning avtolizini tezlashtiradi va lizinning muhitga ancha kam 
miqdorda yig‘ilishini sabachisi bo‘ladi. Haroratni optimalga nisbatan 5 
0
C ga pasaytirish lizin mahsulotini hosil bo‘lishini iqtisodiy jihatdan 
zarar keltiradigan darajaga olib keladi, chunki biosintez jarayoni 12-24 
soatga uzayadi va muhitning pH ko‘rsatkichi 6-8,5 ko‘rsatkich chegara-


48 
sidagi o‘zgarishlarga duch keltiradi. Hozirgi kunda sanoat ishlab chiqar-
ishi miqyosida foydalaniladigan shtammlar uchun optimum pH chega-
rasi 7,0-7,5 ni tashkil qiladi. Lizinning har xil produsentlari kislorodga 
nisbatan har xil talabni namoyon qiladi, lekin biosintez jarayoni uch kar-
bon kislotalar siklining degidrogenazalari va glioksil sikli fermentlarin-
ing yuqori darajadagi faolligini talab qilganligi tufayli shtammlarni 
o‘stirish kuchli aeratsiyani talab qiladi. Demak bu shtammlar suyuq 
fazada erigan kislorod miqdorini optimal darajada bo‘lishini talab qiladi. 
Reaksion muhitda aeratsiyaning yetarli bo‘lmasligi lizinning hosil 
bo‘lishini kamaytirib, alanin va sut kislotaning hosil bo‘lishini kuchayti-
radi. O‘ta kuchli aeratsiya esa biomassaning juda ham ko‘payishiga olib 
keladi, lekin bunda ham lizinning miqdori kamayadi. Jarayonni ke-
chishida kislorod konsentratsiyasini nazorat qilishni portsial bosim (pO
2

ni aniqlash orqali amalga oshiriladi. Dastlabki biomassani jadal hosil 
bo‘ladigan va lizinning maksimal sintezlanadigan paytida ya’ni, 16 soat-
dan 20 soatgacha bo‘lgan oraliqda O
2
ko‘rsatkichi keskin pasayib 
ketadi, bu narsa esa aminokislotani biosinteziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Shu narsa aniqlandiki, fermentyorda portsial bosimning pasayganida 
unga yo‘naltirilayotgan erigan kislorodning konsentratsiyasi 20-30 % 
dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘stirish materialining miqdori sanoat ishlab 
chiqarishi fermentatsiyasi uchun 1-5 % atrofida bo‘lishi kerak bo‘ladi, 
o‘stirish materiali dozasi oshganda, iqtisodiy koeffisient ko‘tariladi. 
Hujayralarning o‘sishi va lizin bisintezini maksimumi o‘zaro bir biriga 
mos bo‘lmaganligi, ya’ni butun biomassaning hosil bo‘lishi dastlabki 
12-18 soat ichida yuz bersa, lizinning ko‘zga ko‘rinarli miqdorda 
sintezlanishi biomassa o‘sishini sekinlashganida boshlanadi. Lizinning 
hosil bo‘lish jarayonini boshlanishidan keyin produsent hujayralarning 
kattaligi maydalashadi. Lizin biosintezini boshlanishini o‘qiga xos 
tavsifi, shundan iboratki, bunda auksotrof mutantlar tomonidan muhit-
dagi defisit aminokislotalar, masalan, treonin to‘liq o‘zlashtirilib qo‘yi-
ladi. Bu omillar fermentatsiya jarayonini mikrobiologik va biokimyoviy 
nazorat qilishda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Jarayonning nihoya-
sida hosil bo‘lgan suyuq aralashma lizin va boshqa metabolizm mahsu-
lotlaridan tashqari, produsent biomassasi va muhitdagi o‘zlashtirilmay 
qolgan oziqa moddalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Mikroblarni o‘stirish 
yo‘li bilan sanoat ishlab chiqarishi miqyosida qo‘yilgan maqsadga mu-
vofiq ravishda suyuq lizin konsentrati (SLK) va lizinli quruq konsentrat 
(LQK) lar holatidagi texnik preparatlarni, shuningdek yuqori darajada 
tozalangan yem-oziqa va oziq-ovqat hamda tibbiyot sanoati uchun yu-


49 
qori darajada tozalangan kristall preparatlarni ajratib olish mumkin 
bo‘ladi. Bu preparatlarni ajratib olishda har biri uchun o‘ziga tegishli 
bo‘lgan texnologiyalaridan foydalaniladi. Tovar holatida ishlab chiqari-
ladigan SLK va LQK lar tarkibida chorva mollariga qo‘shimcha rav-
ishda beriladigan bu mahsulotlar tarkibida uning oziqa qimmatini oshi-
ruvchi boshqa birikmalar, masalan B
1
, B
2
, B
3
, B
6
, PP vitaminlar va 
boshqalar uchraydi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling