M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
ishlab chiqarish
Lizin va boshqa aminokislotalarni mikrob o‘stirilgan tindirilgan su- yuqliklardan ajratib olinadi, lekin bu ishni amalga oshirishda aralashma produsent hujayralaridan va bo‘yoqli birikmalardan xolis bo‘lishi lozim. Buning uchun biosintez nihoyasiga yetgandan keyin aralashma qo‘shim- cha ravishda stabillashtirilmagan holda filtratsion qurilmaga yo‘nal- tirilib, produsentning biomassasidan va muhitda mavjud bo‘lgan karbo- natlardan va fosfatlardan xolis qilinadi. Nam cho‘kma alohida hajmli idishga, u yerdan esa quritish uchun yo‘naltiriladi. Quruq bioshrot qish- loq xo‘jalik hayvonlarini yem-oziqasini boyitish uchun foydalaniladi. Yuqoridagi tartibda tozalangan filtrat faollashtirilgan ko‘mir yoki anio- nitlardan o‘tkazilib adsorbsiya yo‘li bilan aralashmadagi pigmentlardan ham tozalanadi. Shu yo‘sinda ajratib olingan pH 7,0 ga teng bo‘lgan eritma ionalmashinuvi qurilmasiga yo‘naltiriladi. Kristall lizinni ajratib olishning keyingi bosqichi yuqorida keltirilgan lizinning yuqori darajada konsentrlangan preparatini ajratib olish texnologiyasiga o‘xshash bo‘lib, farqli jihati faqat lizinning monoxlorgidrati olish bosqichida kuzatiladi. Lizinning monoxlorgidrati eritmasi 60 0 C da qo‘shimcha ravishda va- kuum-bug‘lantirgandan keyin 12-14 0 C gacha sovitiladi, hosil bo‘lgan lizingidroxloridning kristallari azot bosimida filtrlanadi, qolgan eritmani yana vakuum-bug‘latish bosqichiga qaytariladi. Agar cho‘kmaga tush- gan kristallar pigmentlar bilan bo‘yalgan bo‘lsa ,unda filtrlashdan bir yo‘la kristallizatorga yo‘naltiriladi, u yerda 70 0 C da 3-4 hajmdagi de- ionlangan suvda eritiladi. So‘ng bu massani sovitiladi, sorbent orqali o‘tkazib pigmentlardan xolis qilinadi va so‘ng vakuum-bug‘latishga yo‘naltiriladi. Lizinning tozalangan konsentratiga unga nisbatan 3-4 karra ko‘p miqdorda etanol qo‘shiladi va suvli-spirtli eritmadan kristalli- zatsiyalanadi. Cho‘kmaga tushgan kristallar filtrlanadi va toza etanol bilan yuviladi. Suvli-spirtli qoldiq regeneratsiya uchun qaytariladi. Tay- yor kristall mahsulot vakuumda 60 0 C da quritiladi. Lizinning ajratilish bosqichida hosil bo‘lgan umumiy miqdoridan ajratiladigan toza qismi 75 % ni tashkil qiladi. Tayyor mahsulot L-lizin monoxlorgidrat bo‘lib, undagi asosiy mahsulot 97-98 % ni tashkil qiladi va namliga 0,5 % ni, kul 0,3 % ni, erish harorati 210 0 C ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni tayyor mahsulotni qadoqlash, taxlash va uni omborga joylashti- rish bilan nihoyasiga yetadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling