M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
7-jadval 
Coryn.glutamicum shtammidan o‘stirish materiali ajratib olishda 
foydalaniladigan ozuqa muhitining tarkibi (% hisobida) 
№ 
Moddalarning nomi 

1 Qand lavlagisi chiqindilari 
8.0 
2 Makkajo‘xori ekstrakti 
0.3 
3 Ammoniy xlorid 
0.5 
4 Ikki almashingan kaliy fosfat 
0.05 
5 Ammoniy sulfat 
0.03 
6 Suv 
Qolgan qismi 
7 Muhit pH 
7.0-7.2 
Biosintez jarayonini qat’iy aseptik sharoitda apparatning to‘lg‘azil-
ish koeffitsiyenti 0,7 bo‘lgan, hajmi 50 m
3
li fermentyorda, 48-52 soat 
davomida va 1 minutda 1 hajm muhitdagi suyuqlik hisobiga 1 hajm havo 
sarflanishi inobatga olingan jadal aeratsiya (80-85 mg O
2
/(l.m )) li shar-
oitda amalga oshiriladi. Haroratni jarayonning kechishini hamma 
bosqichlarida doimiy ravishda 28-30 
0
C atrofida ushlab turiladi. Biosin-
tetik jarayonning nihoyasida shtamm o‘stirilgan suyuqlik tarkibida 45 g/l 
hisobida glutamin kislota hosil bo‘ladi. Sarflangan shakarning miqdoriga 
nisbatan hosil bo‘lgan glutamin kislotaning miqdori 45-50 % ni tashkil 
qiladi. Glutamin kislotani ajratib olishda uni o‘ta toza holda olish naz-
arda tutiladi va keyingi texnologik sxema bu kislotani oziq-ovqat 
mahsulotlari va dorivor moddalar tarkibiga qo‘shishni hisobga oladi. 
Reaksion muhitdan glutamin kislotani ajratib olish va keyingi tozalash 
ishlarini farmakopeya me’yorlari doirasida olib borish quyidagi ketma-
ket texnologik operatsiyalarni o‘tkazishni talab qiladi. 
 
Mikrob o‘stirilgan suyuqlikka dastlabki ishlov berish 
Reaksion muhitga so‘ndirilmagan ohak qo‘shiladi va keyin oshiqcha 
miqdordagi kalsiy ionlari fosfat kislota yordamida cho‘ktiriladi. Bunda 
hosil bo‘lgan cho‘kma produsent hujayralari va oshiqcha chiqindi mod-
dalarning ajralishini tezlashtiradi. 


56 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling