M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


-jadval  Tetrasiklinni ajratib olish uchun zarur bo‘lgan reaksion muhitning


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
10-jadval 
Tetrasiklinni ajratib olish uchun zarur bo‘lgan reaksion muhitning 
tarkibi (% hisobida) 
№ 
Moddalarning nomi 
 % 
1 Makkajo‘xori uni 
6.0 
2 Makkajo‘xori ekstrakti 
1.5 
3 Ammoniy sulfat 
0.6 
4 Natriy xlorid 
0.4 
5 Bo‘r
0.8 
6 Suv 
Qolgan qism 
Asosiy fermentatsiya bosqichida ham aynan shu tarkibdagi oziqa 
muhitidan foydalaniladi, faqat vitamin B
12
ni hosil bo‘lishini kuchayti-
rish maqsadida muhitdagi reaksion suyuqlikning 1 m
3
hajmi hisobiga 1 g 
kobalt xlorid qo‘shiladi. 
«Ekish» uchun tayyorlangan mikrobning o‘stirish materiali fermen-
tyorlarning umumiy hajmini 10-15 % qismi miqdorida asosiy fermen-
tatsiyani o‘tkazish uchun uzatiladi. Ushbu jarayonni sanoat miqyosida 
o‘tkazishning barcha texnologik ko‘rsatkichlari oldingi bosqichdagi 
o‘stirish apparatidagi tarzda amalga oshiriladi. Biosintetik jarayonlarning 
hamma bosqichlarida aseptik talablarga rioya qilinadi. Biosintez jarayoni 
hamisha amaliy jihatdan ko‘p miqdorda ko‘pik hosil bo‘lishi bilan yuz 
beradi, shuning uchun fermentyorlarning hajmini faqat 50 % gacha 
to‘ldirish mumkin bo‘ladi. Produsent hujayralarini o‘stirib, ko‘paytirishni 
ancha keng chegaradagi pH ko‘rsatkichi chegarasida amalga oshirish 
mumkin, lekin qo‘llaniladigan produsentning xiliga bog‘liq holda 
antibiotikning sintezlanishi va yig‘ilishi ham har xil bo‘ladi. Shu sababli bu 
ishlarni nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim bo‘ladi. Jaryonni nazorati 
pH, harorat va aeratsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Oksitetrasiklinning biosintezi 26-28 
0
C da 100-120 soat davomida 
nihoyasiga yetadi. Dastlab mitselliyning jadal ravishda o‘sishi yuz berib, 
bunda muhitda mavjud bo‘lgan karbon, azot va fosfor manbalari jadal 
o‘zlashtiriladi va buning uchun kuchli aeratsiya talab qilinadi. 
Bu bosqichda amaliy jihatdan antibiotik hosil bo‘lmaydi, balki kam-
roq miqdorda pirouzum va sirka kislotalar hosil bo‘ladi va aynan shu 


70 
moddalar keyinchalik zamburug‘ tomonidan tetrasiklinning biosintezi 
uchun foydalaniladi. Tarkibida 4,5 % gacha quruq moddaga ega bo‘lgan 
muhitdagi suyuqlik vakuum-bug‘latqich qurilmasi tomon uzatiladi, u 
yerda 50-60 
0
C da quruq massasi 12-15 % gacha ko‘rsatkichga yet-
gancha bug‘lantiriladi. Shu yo‘sinda konsentrlangan aralashma purkab 
qurituvchi qurilmaga uzatiladi va quritiladi. Ba’zan bu jarayonni amalga 
oshirishda muhit suyuqligiga bir yo‘la yem-oziqaga aralashtiriladigan 
qo‘shimchani qo‘shib birgalikda quritiladi, o‘z navbatida bunday 
qo‘shimcha sifatida qand lavlagisi turpi (chiqindisi) ishlatilsa, uni 1 m

suyuqlik hisobiga 250 kg qo‘shiladi. 
Terravit -5, -10, -50 lar Act. rimosus produsenti o‘stirilgan muhit su-
yuqligining quritilgan massasi bo‘lib, uning tarkibi muhitda hosil 
bo‘lgan antibiotik va unga qo‘shimcha qo‘shib standartlashtirilgan tay-
yor mahsulot hisoblanadi. 
Terravit-E produsent o‘stirilgan suyuqlikning filtrati bo‘lib, uni 
keyinchalik purkab qurituvchi qurilmada quritilgan massa hisoblanadi
filtrlash jarayonida erimay qolgan qoldiq quritilgandan so‘ng terravit-EO 
ni olishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Yetarli faollik darajasidagi hamma 
terravit preparatlari qand lavlagisi turpi yoki makkajo‘xori uni qo‘shib 
standartizatsiyalanadi. Tayyor mahsulot darajasiga keltirilgan terravit 
preparatlari 20 kg og‘irlikda qog‘oz xaltachalarga qadoqlanadi. Bu tay-
yor mahsulotni qorong‘ida, harorati 20 
0
C dan, namligi 75 % dan osh-
mayligan omborxonalarda saqlanadi. Preparatlarni shu sharoitda saqlash 
muddati 6 oyni tashkil qiladi. Biovit ishlab chiqarishda foydalaniladigan 
sporali material ekish stansiyalarida o‘stirilib zavodlarga tarqatiladi. 
Standart talabga muvofiq bu materialning faollik ko‘rsatkichi 3000 bir-
lik/ml dan kam bo‘lmasligi lozim. Shuningdek ishlab chiqarish 
korxonalarida biovitni produsentini dastavval kolbalarda ko‘paytirish (1-
2 generatsiya) yo‘li bilan 26-28 
0
C da, 24-30 soat davomida tarkibida ( 
% hisobida) don-kartoshka to‘poni-40, makkajo‘xori ekstrakti-3, un-3 
dan tashkil topgan oziqa muhitida o‘stirib ko‘paytirish mumkin. 
Aralashmani pH ni 30 % li o‘yuvchi natriy yordamida 6,7-6,9 
ko‘rsatkichigacha yetkaziladi. O‘stirib ko‘paytirish apparatiga yuqori-
dagi tartibda tayyorlangan «ekish» materialini 1m
3
muhit suyuqligi hiso-
biga 0,7 l miqdorda kiritiladi. Produsentni o‘stirishni ham xuddi shu xil 
tarkibdagi muhitda 27-28 
0
C da 30-40 soat davomida aeratsiyali va mu-
hitdagi aralashmani doimo aralashtirib, steril ko‘pik so‘ndirgich qo‘shib 
amalga oshiriladi. Xlortetrasiklinni asosiy fermentyorlardagi biosintezini 
amalga oshirishda oziqa muhitini 11-Jadvaldagi tarkibidan foydalaniladi.


71 
Aralashma tarkibiga dastlabki modda sifatida 0,0001 % qo‘shiladi. 
Produsentni o‘stirishni boshlashdan oldin muhitning pH ko‘rsatkichini 
6,6-6,7 ga olib kelinadi. Sanoat miqyosida produsentni o‘stirishni yaxshi 
aeratsiyali sharoitda 60-70 soat davomida amalga oshiriladi. Haroratni 
produsentni ko‘payishi va antibiotikni biosintezi davomida 26-28 
0

atrofida ushlab turiladi. Biosintez jarayonini nihoyasiga etganini muhit-
ning pH ni 6,9-7,2 ko‘rsatkichigacha o‘zgarishidan bilib olinadi. Hosil 
bo‘lgan dastlabki produsentli suyuqlikga ikki xil uslub asosida qayta 
ishlov beriladi. Ulardan birinchisi xuddi terravit ishlab chiqarishda 
qo‘llanilgan uslub hisoblanadi. 
 
11-jadval 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling