M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Basitratsin preparatini ajratib olish texnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
6.3. Basitratsin preparatini ajratib olish texnologiyasi Basitratsinning yem-oziqa preparati batsixilinlar deb nomlanib, Bac. licheniformis produsentini o‘stirish natijasida ajratib olinadigan pro- dusentli suyuqlikning quritilgan mahsulotidir, uning tarkibida rux basi- tratsinlari va har xil biologik faol moddalar bo‘ladi. Basitratsinlar poli- peptid antibiotiklar bo‘lib, ularning 10 xil: A, A 1 , B, C, D, E, F 1 , F 2 , F 3 va G induvidual shakllari uchraydi. Tayyor basitratsin asosida olingan preparat tarkibida 37 % basitratsin A bo‘ladi, uning umumiy formulasi: C 66 H 108 N 17 O 16 dan iborat. Basitratsin A quyidagi ketma-ketlikda joy- lashgan 10 ta aminokislotadan tashkil topgan (6-Rasm): 6-Rasm. Basitratsin A ning aminokislotalar ketma-ketligi 73 Basitratsinni gidrolizlaganda yuqorida keltirilgan aminokislotalar- dan tashqari, bir molekula ammiak ham hosil bo‘ladi. Basitratsinning yem-oziqa preparati batsixilin-10, batsixilin-20, batsixilin-30 nomi bilan ishlab chiqariladi va ularning tarkibida o‘zaro mos holda har 1 kg preparat hisobiga 10, 20, 30 g antibiotikning ruxli toza tuzi bo‘ladi. Tayyor basitratsin mahsuloti kulrang-oqish rangdan och-jigar rangacha, achchiq ta’mli gigroskopik kukun hisoblanadi. Tayyor mahsulot aerob va anaerob bakteriyalarga qarshi juda yuqori, ya’ni 45 dan 75 birlik/mg gacha (1mg kamida 42 birlik/mg) antibiotik tavsifli faollik ta’siriga ega bo‘ladi. Basitratsin boshqa antibiotiklarga nisbatan sinergetik ta’sirga ega, jumladan xlortetrasiklinga nisbatan ham. Biovit kabi hayvon va parran- dalarning yem-oziqasini basitratsinli preparatini tayyorlashda 1 t hiso- biga 5 g dan 15 g gacha toza antibiotik aralashtiriladi, hamda bu yem- oziqa hayvonning tirik vaznini 15-17 % ga oshishiga, yem-oziqa sarfini ancha kamaytirishga, yosh chorva mollari va parrandalarni o‘limini esa 5-10 % ga kamayishiga sababchi bo‘ladi. Basitratsinlarni ajratib olishda tarkibida glyukoza, ammoniy laktat va anorganik tuzlar yoki soya uni va glyukozali oziqa muhitida bakteriyalarni chuqur yoki yuzaki o‘stiriladi. Bac. licheniformis ni rivojlanishini ta’minlashda va basitratsinning hosil bo‘lishida, muhitdagi karbon va azotning o‘zaro nisbat ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichning yuqori bo‘lishi ko‘proq miqdorda basitratsin hosil bo‘lishga olib kelsa, nisbatning pasayishi asosan lixeniformin antibiotiklarning ko‘p miqdorda hosil bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Basitratsinning biosintezi muayyan shtamm- ning spora hosil qilishi bilan bog‘liq. Antibiotiklar bakteriyalarning shunday rivojlanish sharoitida hosil bo‘ladiki, bunda ularning sporil- yatsiyasi kuchayadi. Spora hosil bo‘lishini ingibirlash basitratsin biosin- tezini tormozlaydi. Batsixilinni produsentni chuqur uslubda o‘stirish yo‘li bilan ishlab chiqarish umuman olganda yuqorida bayon etilgan terravit va biovitlarni ishlab chiqarishdagi kabi amalga oshiriladi. Produsentning dastlabki namunasi zavodga sporalar tarzida keltiriladi. O‘stirish uchun ko‘paytiriladigan materialni chuqur o‘stirish yo‘li bilan ko‘paytirilganda sporalarni 30 0 C da tarkibi ( % hisobida): kraxmal-2,0; limon kislota-0,03; magniy sulfat-0,1; Mor tuzi-0,025; marganets sulfat- 0,006; kaliy xlorid-0,4; natriy xlorid-0,4; bir almashingan kaliy fosfat- 0,45 lardan tashkil topgan oziqa muhitida o‘stiriladi. Sporali o‘stirish materialini ko‘paytirib o‘stirish muddati 120 soat atrofida bo‘ladi. Sanoat ishlab chiqarishi uchun produsentni kolbalarda 74 va ko‘paytirish apparatlarida o‘sha harorat darajasida, tarkibi ( % hisobida): kraxmal-1,8; soya uni-7,5; kalsiy karboksid-0,02; ammoniy sulfat-0,2 dan tashkil topgan oziqa muhitida o‘stiriladi. O‘stirib ko‘- paytirish materialini ajratib olishni har bir bosqichini davomiyligi 16-18 soatni tashkil qiladi. Asosiy fermentatsiyani 37 0 C da 30-40 soat oralig‘ida tarkibi ( % hisobida): kraxmal-2,0; magniy sulfat-0,33; soya uni-7,5; kalsiy karboksid-1,0 dan tashkil topgan oziqa muhitida o‘stiriladi. Produsentni ajratib olishda ham, asosiy fermentyorlarda mahsulotni ajratib olishda ham jarayonni aeratsiyalash (1 minutda 1 hajm reaksion muhitga 1 hajm havo yuborib) va 0,2 % gacha steril ko‘pik so‘ndirgich qo‘shib amalga oshiriladi. Produsentni o‘stirishni hamma bosqichlarida muhitning pH ko‘rsatkichini 7,0 atrofida ushlab turiladi va jarayonni aseptik sharoitda amalga oshiriladi. Ajratib olingan o‘stirish materiali suyuqligining faolli- gi 4000 birlik /ml atrofida bo‘ladi. Biosintez natijasida hosil bo‘ladigan basitratsinning 85 % eritmaga o‘tadi,qolgan 15 % produsent bakteriya- larning sporalarida bo‘ladi. Antibiotikning barqarorroq shakllariga ega bo‘lish uchun basitratsinning ruxli tuzi shakliga aylantirish talab qili- nadi. Buning uchun produsentli mahsulotni xlorid kislota bilan nordon- lashtirib, uning hajmiga nisbatan 0,3 % gacha bo‘lgan miqdorda rux oksidi qo‘shiladi. Bundan keyingi bosqich bug‘lantirish bosqichi bo‘lib, undan oldin pH ni 5,4-5,5 ga yetkaziladi. Shu darajaga olib kelingan suyuqlikni past bosimda va 40-50 0 C da 2 karra bug‘lantirib purkagich quritgichda quritiladi. Quritilgan mahsulotni terravit va biovit ishlab chiqarishda qo‘llanilgan uslub yordamida qo‘shimcha qo‘shib standart- lashtiriladi. Quruq holatda 18-20 0 C da preparat uzoq muddat-2 yilgacha saqlanishi mumkin. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling