M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Fitobakteriomitsinni ajratib olish texnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
6.6. Fitobakteriomitsinni ajratib olish texnologiyasi Fitobakteriomitsin streptotritsin guruhiga kiradigan antibiotik bo‘lib o‘zining ko‘p komponentligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga 7 ta komponent kiradi. Kimyoviy tuzilishi jihatidan asos hisoblanib kuchli kislotalar bilan tuz hosil qiladi. Toza holda och-sarg‘ish rangli amorf 78 kukun, suvda eriydi, etanol va metanolda kam eriydi va ko‘p organik erituvchilarda amaliy jihatdan erimaydi. Ko‘p grammusbat va grvam- manfiy bakteriyalar hamda mikroskopik zamburug‘larga nisbatan yuqori darajadagi bakterotsid xossani namoyon qiladi. Fitobakteriomitsinning produsenti Actinomyces lavendulae zamburug‘i hisoblanadi. Antibiotikni ajratib olish texnologiyasi uni sulfatli tuz ko‘rinishiga o‘tkazishni taqazo qiladi. Fitobakteriomitsin asosida tayyorlanadigan preparatlar dust va har xil konsentratsiyali suspenziyalar tarzida ishlab chiqariladi, ular fitopa- togen bakteriyalar va mikroskopik zamburug‘larga qarshi, xususan loviya va soya bakteriozlari, g‘o‘za kasalliklari, bug‘doyning ildizini chirish kasalliklariga qarshi kurashda qo‘llaniladi. Bu preparat o‘sim- likning o‘sishini stimullaydi, ularning rivojlanishini tezlashtiradi va natijada hosildorlikni 10-15 % ga oshiradi. Produsentning dastlabki materialini tarkibida 1 % gacha glyukoza bo‘lgan agarlashtirilgan muhit- da saqlanadi. Zamburug‘ni dastlab probirkalarda, so‘ng kolbalarda va bundan keyin ekib ko‘paytirish apparatlarida o‘stiriladi. Produsentni o‘stirib ko‘paytirishning hamma bosqichlarida bir xil oziqa muhitidan foydalaniladi. Uning tarkibi (% hisobida): glyukoza-1; kraxmal-1,5; makkajo‘xori ekstrakti-0,5 (quruq massa hisobida); natriy xlorid-0,5; ammoniy sulfat-0,35; kalsiy karbonat-0,5; qolgan qismi suvdan tashkil topadi. Produsentni o‘stirish uchun optimal harorat 26-28 0 C ni tashkil qiladi. Produsentni o‘stirish apparatida va sanoat ishlab chiqarishi miqyosida fermentyorda o‘stirib ko‘paytirganda ko‘pik hosil bo‘lishini oldini olish uchun oziqa muhitiga ko‘pik so‘ndirgich kiritish talab qilinadi, bu maqsadda 0,5 % miqdorda kashalotning yog‘idan yoki o‘simlik moyidan foydalansa bo‘ladi. Fitobakteriomitsinni ajratib olish va tozalash ion-almashinuvi xro- matografiyasi uslubida amalga oshiriladi. Buning uchun produsent o‘stirilgan suyuqlikka otquloq kislota bilan ishlov beriladi, bu ion- almashinuvi xromatografiyasini o‘tkazishga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan kalsiy ionlaridan xolis bo‘lish imkonini beradi. Bunda kalsiy oksalatning cho‘kmalari produsent mitsellalari bilan birga cho‘kmaga tushadi, qolgan suyuqlikni esa ichiga ammoniyli shaklga keltirilgan kationit KB-4P-2 to‘ldirilgan ion-almashinuvi kolonkalari tomon yo‘naltiriladi. Kolonkadan adsorbsiyalangan antibiotik undan sulfat kislotaning 0,3 M eritmasi yordamida elyutsiyalanadi. Ajratib olingan elyuatning o‘rtacha faolligi 50-60 ming birlik/ml ni tashkil qiladi. Fitobakteriomitsin sulfatning pH ko‘rsatkichi 1,0 dan 2,0 gacha bo‘lib, unga pH 6,0 ga teng gidroksil shaklga o‘tkazilgan anionit EDE-10 li 79 statistik sharoitda ishlov beriladi. Bunda ion-almashinuv sorbentini sarfi 1 l elyuat uchun 80-90 g ni tashkil qiladi. Anionitni ishlatib bo‘lgandan keyin filtrlash yo‘li bilan ajratib olinadi, elyuatlarni esa vakuumda 70-80 0 C da quritiladi. Kationitga sorbsiyalangan fitobakteriomitsinning 70-80 % ni ajratib olish mumkin bo‘ladi. Quruq fitobakteriomitsinning faolligi 3-4 ming birlik/mg ga yetadi. Sanoatda fitobateriomitsindan tashqari boshqa antibiotik-polimitsinni ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan, u ham xuddi bakteriomitsin kabi qo‘llaniladi. Bu antibiotikni produsenti Actinomyces polimicini zamburug‘i hisoblanadi. Tayyor preparatlarni toza antibiotik holatida 50-200 g dan yaxshi mahkamlanadigan shisha idishlarga solib yoki uni 5 % ni koalinga aralashtiriladi va 200 g dan etib germetik polietilen xaltachalarga solib dust kabi qadoqlanadi. Preparatlar ekishdan oldin urug‘larga ishlov berish uchun yoki o‘simliklarni vegetativ organlariga ishlov berishda 0,005-0,01 % li eritma tarzida foydalaniladi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling