M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Xlortetrasiklinni asosiy fermentyorlardagi biosintezini amalga


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

Xlortetrasiklinni asosiy fermentyorlardagi biosintezini amalga 
oshirishda foydalaniladigan oziqa muhitini tarkibi (% hisobida) 
№ 
Moddalarning nomi 
 % 
1 Don-kartoshka to‘poni 
10 
2 Un (kraxmal ulushi 51 % ) 
5.0 
3 Ammoniy nitrat 
0.7 
4 Bo‘r 
0.5 
5 Natriy xlorid 
0.3 
6 Kobalt xlorid 
0.0001 
7 Ko‘pik so‘ndirgich 
0.2 gacha 
Hosil qilingan produsentli suyuqlik 3 % gacha quruq moddaga ega 
bo‘lib, uni vakuum-bug‘latish orqali quruq moddasi 10-12 % gacha kon-
sentrlanadi; bu konsentratning har bir 1m
3
hajmiga 2-3 kg hisobida kon-
servant-natriy sulfat qo‘shiladi va purkagich quritish moslamasida qu-
ritiladi. Agar 1 kg quruq preparat hisobidagi antibiotik miqdori texnik 
sharoitdagidan yuqori (odatda u 90-150 g/kg) bo‘lsa, unda olingan 
mahsulot tegishli miqdorda qo‘shimcha qo‘shish orqali standartizatsiya-
lanishi lozim bo‘ladi. Biovitni standartizatsiyalashda qo‘shimcha mod-
dalar sifatida juda maydalangan kepak, yog‘sizlantirilgan un, mak-
kajo‘xori yoki soya to‘ponidan foylalaniladi. 
Ikkinchi uslub asosida ish ko‘rganda quyidagi texnologik yon-
dashuvlardan foydalaniladi: 
1. Alohida to‘plag‘ichdagi produsentli suyuqlikka suvda erigan tet-
rasiklinni kalsiyli tuzga o‘tkazish maqsadida so‘ndirilgan ohak bilan 
ishlov beriladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma filtr-pressga uzatiladi. 


72 
2. Filtr-pressdan chiqqan cho‘kma bunkerga ag‘dariladi, u granulla-
nadi va keyin quritiladi. 
3. Quritilgan granulalar trubalar orqali maydalanish uchun uzatiladi. 
Olingan mahsulot tegishli tarzda qo‘shimcha moddalar qo‘shib standar-
tizatsiyalanadi. Biovit preparatlari 10-20 kg dan ikki qavatli qog‘oz xal-
tachalarga qadoqlanadi. Harorati 25 
0
C dan oshmaydigan qorong‘i om-
borxonalarda saqlanadi. Saqlash muddati biovit-20 uchun 6 oy, biovit-40 
va biovit -80 uchun 1 yil. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling