M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Tetrasiklinni ajratib olish texnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
6.2. Tetrasiklinni ajratib olish texnologiyasi 
Tetrosiklinlar tibbiyot amaliyotida ham, yem-oziqa preparatlari 
ishlab chiqarishda ham keng qo‘llanilmoqda. Ular orasida qishloq 
xo‘jaligi uchun sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan qator preparatlar 
7-xlortetrasiklin (1) va 8-oksitetrasiklin negizida ishlab chiqariladi. 
Tetrasiklinli antibiotiklar quyidagi struktura formulaga ega: 
Bu amfoter birikma bo‘lib, kislota va asoslar bilan tuz hosil qilish 
qobiliyatiga ega, pH ning 4,5 dan 7,5 gacha oralig‘idagi suvli eritma-
larida yomon eriydi, pH 2,0 dan past va 8,0 dan ziyod bo‘lgan eritma-
larda yaxshi eriydi. Oksidlovchilar ta’siriga, jumladan havo kislorodiga 
nisbatan ham chidamsiz. Sanoat miqyosida xlortetrasiklinni ishlab 
chiqarishda Actinomyces aurufasiens zamburug‘idan, oksitetrasiklinni 
ishlab chiqarishda Actinomices rimosus zamburug‘idan foydalaniladi. 
Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan xlortetrasiklinning yem-oziqa 
preparatini biovit-20, biovit-40 va biovit-80 tarzida ishlab chiqarmoqda, 
ularning tarkibida o‘zaro mos holda har bir 1 kg preparat hisobiga 20, 
40, 80 g antibiotik va har 1 g preparat hisobiga o‘zaro mos holda 3, 5, 8 
mkg vitamin B
12
bo‘ladi. Bundan tashqari preparatlar tarkibida 


68 
mikroelementlar, oqsil, yog‘lar va mineral tuzlar ham bo‘ladi. 
Hayvonlarning bir tonna yem-oziqa ratsioni tarkibiga 15-20 g biovit 
antibiotigini qo‘shish hayvon massasini 30 % ga oshirish, yem-oziqa 
sarfini esa 5-10 % ga kamaytirish imkonini beradi. Antibiotiklar yosh 
mollarni va parrandalarni jadal rivojlanishini, shuningdek oshqozon-
ichak va o‘pka kasalliklarini oldini olishni ta’minlaydi. Bu antibiotiklar 
keng spektrli antibakterial ta’sir etish kuchiga ega, tashqi ko‘rinishdan 
och-jigar rangdan jigar ranggacha bo‘ladi. Oksitetrasiklin chorvachilik 
uchun terravit E (eruvchi) va terravit EO (yem-oziqa) shakllarida ishlab 
chiqariladi. Sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan terravit-5, terravit-10 
va terravit-50 lar och-jigar rangli, achchiq ta’mli va mog‘or hidli 
moddalar bo‘lib, tarkibida har 1 kg preparat hisobida o‘zaro mos holda 
5, 10, 50 g toza antibiotik bor. Terravit E-20 mayda jigar rang kukun, 20 
birlik/mg faollikka ega; terravit E- 40 och-jigar rang kukun, tarkibida 40 
birlik/mg antibiotik bor, terrarit EO-40 o‘rta kattalikdagi jigar rang 
kukun, tarkibida 40 birlik/mg antibiotik bor. Antibiotikdan tashqari 
preparat tarkibiga vitamin B
12 
ham kiradi, lekin uning miqdoriy 
ko‘rsatkichi me’yorlanmaydi. Hayvon oziqa ratsionining 1 t siga bor-
yo‘g‘i 15-20 g antibiotik qo‘shib berish, uning og‘irligini 10-20 % ga 
oshiradi, bir yo‘la shuncha miqdorda yem-oziqani tejalashiga sababchi 
bo‘ladi. Terravit - 5, - 10, - 50 lar va terravit EO-40 biovit kabi 
konsentrlangan yem-oziqa bilan birgalikda foydalaniladi. Buzoqlarga va 
cho‘chqa bolalariga yoshligidan boshlab terravit E suvli eritma tarzida 
yoki sutda eritib beriladi. 
7-xlortetrasiklin va 8-oksitetrasiklinlarning yem-oziqa preparatlarini 
ajratib olish texnologiyalari ko‘p jihatdan o‘xshash, shuning uchun bu 
masalalarga oid ma’lumotlar umumiy jihatdan yoritiladi va ularning 
ba’zi farqli tomonlarigina mukammalroq ko‘rib chiqiladi. Oksitetra-
siklinning biosintezini amalga oshirganda o‘stirish materiali sifatida 
xizmat qiluvchi mikrobning sporalari 4-6 
0
C da 3 oygacha saqlanadigan 
xilini tanlab olish kerak bo‘ladi. Zavod sharoitida uni harorat 26-28 
0

bo‘lganda uch karra generatsiyalanadi. Produsentni o‘stirishda oldin 750 
ml li kolbada 200 ml li hajmli oziqa muhitida ikki marotaba 
aralashtirgich apparatning 160-180 ayl./min tezligida doimo chayqatib 
turib ko‘paytiriladi, keyin esa o‘stirish apparatiga ko‘chirilib unda 
ko‘paytiriladi. Kolbalarda hosil bo‘lgan misellial massa o‘stirish 
apparatiga 1m

aeratsiyalanadigan suyuq faza (1 minutda 1 hajm muhit 
suyuqligiga 1 hajm havo yuborish hisobidagi) ga 700 ml miqdordagi 


69 
hajmli idishlarga kiritiladi. Odatda produsentni o‘stirish reaksion 
muhitni 10-Jadvaldagi tarkibda tayyorlanadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling