M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


L-triptofanni mikrobiologik uslubda sintezlash va ajratib olish


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
5.2. L-triptofanni mikrobiologik uslubda sintezlash va ajratib olish 
texnologiyasi 
Triptofan (alfa-amino-beta-indolil propion kislota) almashinmaydi-
gan aminokislotalar guruhiga kiradi. Uning strukturaviy formulasi quyi-
dagicha: 
Uning miqdori o‘simlik oqsillari tarkibida uncha ko‘p bo‘lmaydi. 
Hayvon organizmi uchun unga bo‘lgan talab uncha yuqori bo‘lmasada, 
uni yem-oziqa tarkibiga qo‘shib berish qishloq xo‘jalik hayvonlarini rat-
sionini boyitadi. Bundan tashqari L-triptofanning o‘ta tozalangan 99 % 
gacha tozalikka ega bo‘lgan preparatlaridan tibbiyot uchun davolash 
komponentlari ishlab chiqarishda va biokimyoviy tatqiqotlarda foy-
dalaniladi. L-triptofanni tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va ilmiy tadqiqot ish-
larini olib borish uchun mo‘ljallangan har xil tozalik darajasida ajratib 
olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan. 
Sanoat miqyosida triptofanni ishlab chiqarishni bakterial-shtammlar 
yordamida tirozin va fenilalanin yetishmasligi sharoitida amalga oshirish 
ham, L-triptofanni hosil qilish uchun xizmat qiladigan biosintezni har xil
achitqi fermenti tizimidan foydalangan holda transformatsiyalash orqali 
ham ajratib olish mumkin. 


59 
Triptofanni bir bosqichli biosintezlashda bakteriyalarning sporali 
shtamm-mutantlari Bac.subtilis yordamidan foydalaniladi va bunda har 1 
l reaksion suyuqlik hisobiga 10 g triptofan sintezlanadi. Triptofanni ikki 
bosqichli uslubda sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun C.utilis ning 
ferment tizimi yordamida antranil kislotani L-triptofanga transformatsi-
yalash orqali amalga oshiriladi va bunda reaksion muhitda mahsulotning 
miqdori 6 g/l ga etadi. 
 
L-triptofanni bir bosqichli biosintezlash uslubi 
Triptofanni produsentini o‘stirish, uni ajratib olish va tozalash, 
hamda uning asosida yem-oziqa va yuqori darajadagi tozalikka ega 
bo‘lgan preparatlarni ajratib olishga tegishli ishlar amaliy jihatdan L-
lizindagi mikrobiologik ishlab chiqarish bosqichlaridagini takrori hisob-
lanadi. Shuning uchun asosiy texnologik jarayonlarning ba’zi xususi-
yatlarinigina keltirib o‘tish bilan kifoyalanamiz. 
Produsentni o‘stirishda odatda 8-Jadvaldagi tarkibga ega bo‘lgan 
ozuqa muhitidan foydalaniladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling