Cho‘kmani ajratib olish
Reaksion mahsulot sentrifugalanadi yoki bosim ostida filtrlanadi.
Filtratni tindirish
Reaksion mahsulotni qoramtir rangga bo‘yab turgan pigment qoldiq-
lardan tozalashdan iborat. Buning uchun filtratni faollashtirilgan ko‘mir
bilan ishlov beriladi yoki IA-1 anionitida ion-almashinuvi sorbsiyasi
o‘tkaziladi.
Tindirilgan glutamin kislotasini konsentrlash
40-60
0
C da vakuum-bug‘latish o‘tkaziladi, bunda glutamin kislo-
taning eritmasidan 50 % dan 80 % gacha suv bug‘lantiriladi.
Glutamin kislotaning kristallarini izoelektrik nuqtada cho‘ktirish
Bundan oldingi bosqichda olingan konsentratga xlorid kislota qo‘-
shib pH 3,2 (glutamin kislotaning izoelektrik nuqtasi) ga yetkaziladi va
eritmani 4-15
0
C gacha sovitiladi. Operatsiyani birinchi bor o‘tkazganda
77 % glutamin kislota kristallansa, ikkinchi bor o‘tkazganda bu ko‘rsat-
kich 87 % gacha oshadi. Ajratib olingan kristallarning tozalik darajasi 88
% ga etadi. Keyingi qayta kristallizatsiyalarni o‘tkazish tozalik dara-
jasini 99,6 % gacha ko‘tarish imkonini beradi, bu tozalik darajasi farma-
kopeya talablariga to‘liq javob beradi.
Glutamin kislota kristallarini uni yuqoridagi darajaga keltirilgandan
so‘ng ajratish
Bunga erishish uchun yuqorida keltirilgan tarzda ishlov berilgan
glutamin kislotasi aralashmasi sentrifugalanadi va dekantatsiya qilinadi,
dekantant yana vakuum-bug‘lantirish bosqichiga qaytariladi. Ajratib
olingan kristallar distillangan suv bilan yuviladi va quritiladi.
Glutamin kislota kristallarini quritish
Bu jarayon vakuumda yoki 60-70
0
C gacha qizdirilgan havo oqimida
amalga oshiriladi.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |