M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
L-GLUTAMIN KISLOTA, L-TRIPTOFANNI
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. L-glutamin kislotani mikrobiologik uslubda sintezlash va ajratib olish texnologiyasi
5. L-GLUTAMIN KISLOTA, L-TRIPTOFANNI
MIKROBIOLOGIK USLUBDA SINTEZLASH VA SANOAT MIQYOSIDA ISHLAB CHIQARISH Tayanch iboralar: L-glutamin kislota, alfa-aminoglutar kislota Sorun.glutamicum, Micrococcus. Microbacterium, Brev. flavum., bir bosqichli uslub, ikki bosqichli uslub, L-triptofan, alfa-amino-beta-indolil propion kislota, Bac. Subtilis, C.utilis, triptofanni yem-oziqa konsentrati (TEOK). 5.1. L-glutamin kislotani mikrobiologik uslubda sintezlash va ajratib olish texnologiyasi Glutamin kislotani formulasi quyidagicha: HOOC-CH 2 -CH-CH 2 -COOH │ NH 2 Bu kislota ancha miqdorda o‘simlik va hayvonlar oqsillari tarkibiga kiradi. U almashinmaydigan aminokislotalar jumlasiga kirmaydi, lekin uning asosida odam va hayvonlar organizmini me’yoriy faoliyatini ta’- minlash uchun zarur bo‘lgan muhim fiziologik faol moddalar sintezla- nadi. Glutamin kislotadan oziq–ovqat sanoatida foydalanish imkoniyat- lari keng, shuningdek tibbiyotda undan jigar va buyrakni zaharlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Natriy glutamat (mononatriyli tuzi) ni ovqat mahsulotlarini ancha muddatlarda saqlanishini va shirinlik sifatini oshirishni nazarda tutib, konservalangan va muzlatilgan holda saqlash maqsadida qo‘shimcha tarzida kiritiladi. Sanoat miqyosida glutamin kislotani va uning asosida natriy gluta- matni bir qancha uslublardan foydalangan holda, ya’ni: akrilonitrildan ko‘p bosqichli kimyoviy sintez yo‘li bilan, shuningdek qand lavlagisi qoldiqlari yoki oqsil gidrolizatlaridan foydalangan holda mikrobiologik bir bosqichli va ikki bosqichli texnologiya asosida ajratib olinadi. Hozirgi kunda ko‘proq qo‘llaniladigan uslub glutamin kislotani qand 53 lavlagisi qoldiqlaridan foydalangan holda bir bosqichli mikrobiologik sintez yo‘li bilan ajratib olish uslubidir. Bu uslub bugungi kunda ham eng istiqbolli uslub bo‘lib qolmoqda. L-Glutamin kislotani sanoat miq- yosida biosintezlashda L-lizinni ishlab chiqarishda qo‘llanilgan mikroor- ganizmlardan, ya’ni Coryn.glutamicum va Brev.flavum dan foydalani- ladi. Bulardan tashqari sanoat produsentlari sifatida bakteriyalarning Micrococcus va Microbacterium shtammlaridan foydalanish mumkin. Glutamin kislotani mo‘l miqdorda ishlab chiqarish uchun alfa-keto- glutar kislotani qahrabo kislotaga aylanishi izdan chiqqan ferment tizimli shtammlaridan foydalaniladi. Bunda agar muhitda o‘stirilayotgan mik- robning alanindegidrogenazasi va laktatdegidrogenazasini biosintezida tanqislik sezilsa, muhitda alanin va sut kislotasini biosintezi uchun kerak bo‘lgan muhitdagi karbonsuvlar sarflanmay qoladi va natijada glutamin kislotaning hosil bo‘lishi kuchayadi. Sanoat miqyosida glutamin kislota ishlab chiqarilishida karbon man- bayi sifatida engil assimilyatsiyalanuvchi qand lavlagisi yoki kraxmal gidrolizati tarkibida uchrovchi karbonsuvlar (saxaroza va glyukoza) dan foydalaniladi. Azot manbayi sifatida siydikchildan, ba’zan ammoniy xlorid va ammoniy sulfatdan hamda makkajo‘xori ekstraktidan foydala- niladi. Makkajo‘xori ekstraktini tarkibida biotinning miqdori ko‘p bo‘l- ganligi sababli undan faqat inokulyat va o‘stirish materialini olishdagina foydalaniladi. Qand lavlagisi chiqindisini tarkibida biotinning miqdorini ko‘p bo‘lishi, uni biosintez uchun ishlatiladigan asosiy xom-ashyo sifa- tida ishlatilishini cheklaydi. Glutamin kislotani produsentlarini barchasi biotinning miqdori bilan, ba’zilari esa tiaminning miqdoriy ko‘rsat- kichlari bilan bog‘liq bo‘lib, bunda biotinning miqdoriy ko‘rsatkichi 1 l muhitdagi aralashma hisobiga 2-5 mkg dan oshmasligi lozim. Bu vita- minning muhitda ko‘proq miqdorda bo‘lishi produsent hujayralarining o‘sishiga hamda alanin, sut, qahrabo, asparagin kislotalarning hosil bo‘lishini kuchayishiga olib keladi, buning natijasida esa, glutamin kis- lotani miqdoriy ko‘rsatkichi kamayib ketishi kuzatilar ekan. Biotinning ingibirlovchi ta’sirini pasaytirish uchun oziqa muhitiga ba’zi spirtlar, sirt tarangligi yuqori moddalar, antibiotiklar (penitsillinlar, tetrosiklinlar) ni qo‘shish lozim bo‘ladi. Muhitga sirt tarangligi yuqori moddalarni 0,01- 0,2 % gacha miqdorda yoki benzilpenitsillinning kaliyli tuzidan (1l muhitdagi aralashma hisobiga 4-6 mingdan bir birlik) qo‘shish produ- sentning biosintetik qobiliyatini 15-45 % ga oshiradi va aralashmadagi glutamin kislotaning miqdorini 50 g/l gacha yetishiga olib keladi. Foy- dalaniladigan shtammning hususiyatlariga bog‘liq holda biosintez jara- 54 yonini amalga oshishi uchun oziqa muhitiga qo‘shiladigan siydikchil- ning miqdori 1,0-2,05 % tashkil qiladi. Biosintez jarayoni uchun optimal sharoit yaratish va ishlab chiqariladigan bir litr reaksion suyuqlik hiso- biga hujayralarning asosiy massasini hosil bo‘lishi nihoyasiga yetga- nidan keyin muhitga yana ozgina miqdorda siydikchil kiritish lozim bo‘ladi. Siydikchilning reaksion muhitdagi miqdoriy ko‘rsatkichi 0,8 % dan oshmasligi, eritmaning pH esa, 6,8-7,8 atrofida bo‘lishi lozim. Mu- hitda azotning miqdorini kam bo‘lishi glutamin kislotaning hosil bo‘li- shiga xalaqit berib, alfa-ketoglutar kislotaning ko‘p miqdorda yig‘ili- shiga olib keladi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling