M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
SLK (suyuq lizin konsentrati) preparatini sanoat miqyosida ishlab
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
SLK (suyuq lizin konsentrati) preparatini sanoat miqyosida ishlab chiqarish SLK ni sanoat miqyosida ajratib olish texnologiyasi mikrob o‘stiril- gan suyuqlikni mutloq quruq modda darajasining 40 % darajasigacha bug‘lantirishga asoslangan. Buning uchun muayyan suyuqlikni oldindan 95-100 0 C gacha qizdiriladi so‘ng ko‘p korpusli vakuum-bug‘latkqich qurulmaga yo‘naltiriladi va 3,5-4 soat mobaynida bug‘lantiriladi. Uzoq muddat bug‘lantirilganda lizin kamayishi mumkin, shuning uchun aralashmani oldin suyuq fazani uning hajmiga nisbatan 0,4 % miqdorda 25 % li natriy giposulfit yordamida stabillanadi, keyin esa xlorid kislota yordamida pH ni 4,5-5,0 ga yetkaziladi. Bunda lizinning monoxlor- gidrati termik ta’sirga chidamli bo‘lib qoladi. Shu xildagi stabilizatsiya va nordonlashtirish tadbiri lizinni 5-15 % gacha yo‘qotmasdan saqlab qolish imkonini beradi. Bu texnologiya asosida ajratib olingan SLK ni qayshqoqligi 0,65x10-3 kg (m.s) ga, muzlash harorati -18 0 C, solishtirma og‘irligi 1,15-1,30 ga pH 4,5-5,0 ga teng bo‘lib, o‘zining xossalarini o‘zgartirmasdan 3 oy saqlanishi mumkin ekan. Bu mahsulot LQK ga nisbatan biologik qimmati yuqoriroq sanaladi. Tayyor mahsulot temir yo‘l sisternalariga solib ist’emolchiga yuboriladi LEOK (lizinning yem-oziqa konsentrati) preparatini sanoat miqyosida ishlab chiqarish LEOK preparatini sanoat miqyosida ishlab chiqarish SLK asosida amalga oshiriladi. Buning uchun suyuq konsentrat purkagich quritqichda 90 0 C dan oshiq bo‘lmagan issiq havoda 4-8 % namlik darajasigacha quritiladi, 20 kg dan etib polietilen xaltachalarga joylashtiriladi. Bu xil konsentrat quruq modda hisobiga 15-20 % gacha lizinning monoxlor- gidrati, 14 % gacha boshqa aminokislotalar, 15-17 % gacha oqsil, 10-13 % gacha betain va 20-25 % gacha kul moddalaridan tashkil topadi, 50 o‘zining tarkibi bo‘yicha amaliy jihatdan SLK dan farq qilmaydi. Lekin bu texnologiya asosida ajratib olingan LEOK juda gigroskopik bo‘lib saqlash jarayonida yirik bo‘lakchalarga aylanadi va undan kombinatsi- yalab yem-oziqa tayyorlashda qiyinchilik tug‘iladi. Bu kamchilikdan xolis bo‘lish uchun SLK ni bug‘lantirib quritish vaqtida unga suyak uni, so‘ndirilmagan ohak, bentonit, bug‘doy kepagi qo‘shiladi. Ko‘pincha bug‘doy kepagi qo‘shiladi. Buning uchun SLK ni 35-40 % gacha kon- sentrlab unga kepakni shunday hisobda qo‘shiladiki, aralashmaning namligi 70 % ga yetsin va hosil bo‘lgan massa granula hosil qilish dara- jasida bo‘lsin. Shu xil qo‘shimcha qo‘shilgan LEOK tarkibida 7-10 % gacha lizin bo‘ladi, u sepilib ketadigan va nogigroskopik xossaga ega. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling