M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Yuqori darajada konsentrlangan yem-oziqa preparatlarini sanoat


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
Yuqori darajada konsentrlangan yem-oziqa preparatlarini sanoat 
miqyosida ishlab chiqarish 
Yuqori darajada konsentrlangan yem-oziqa preparatlarini olishda 
mikrobli aralashmani oldindan sulfat kislota yordamida pH 1,6-2,0 
gacha nordonlashtiriladi. Bunda lizin molekulasi ikki valentli kation ho-
latiga o‘tadi, bu narsa uning keyinchalik ionitda sorbsiyalanishiga imkon 
beradi. Nordon holatga keltirilgan eritma ammoniyli shaklda KU-2-8 
sulfokationiti solib to‘ldirilgan ion-almashinuvi kolonkalariga yo‘nalti-
riladi. Adsorbsiya jarayoni o‘tkazilgandan so‘ng sorbitni suv bilan yuvi-
ladi. Produsentning hujayra qoldiqlari va adsorbsiyalanmagan boshqa 
komponentlar texnologik oqova sifatida utilizatsiyaga duch keladi. Ion-
almashinuvini ta’minlaydigan kolonkalaridagi lizin (adsorbsiyalangan 
umumiy miqdordan 80-90 %) lizin 0,5-5,0 % ammiak eritmasi bilan 
elyutsiyalanadi. Elyuatni vakuum yordamida 60 
0
C da 30-50 % quruq 
modda hosil bo‘lgunga qadar bug‘lantiriladi va so‘ng konsentrlangan 
xlorid kislota yordamida uning pH ko‘rsatkichi 4,9 ga olib kelinadi. Ho-
sil bo‘lgan lizinning monoxlorgidrati quritish qurilmasiga yo‘naltiriladi. 
Ishlab chiqarishning so‘nggi mahsuloti LEOK preparati tarkibida lizin 
monoxlorgidratning miqdori 70 % ga yetadi. Tarkibida produsent hujay-
ralari, aminokislotalar va boshqa qoldiqlar, shuningdek lizinning iz 
qoldiqlari bo‘lgan texnologik oqovalar va yuvindi suvlar birga qo‘shiladi 
va 10 % namlik darajasigacha quritiladi. Olingan mahsulot yem-oziqa 
mahsuloti bo‘lib, uning tarkibida 40 % gacha oqsil moddalari bo‘ladi. 
Undan chorva mollarini boqishda foydalaniladi. 
 
 


51 
Lizinning yuqori darajada tozalangan preparatini sanoat miqyosida 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling