M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
Natriy glutamat (HOOC-CH
2 CH 2 CH(NH 2 )COONa*H 2 O)ni ajratib olish Qayta kristallangan glutamin kislotasini namli kristallarini natriy gidroksidi bilan ishlov berish asosida amalga oshiriladi. Buning uchun namli kristallar ma’lum hajmdagi suvda eritiladi va 45-50 % li o‘yuvchi natriy eritmasi bilan neytrallanadi, pH 6,8 ga yetkaziladi va keyin filtrla- nadi. Natriy glutamatning tindirilgan eritmasi vakuumda 60 % gacha quruq modda hosil bo‘lgunga qadar bug‘lantiriladi va keyin kristallizat- siyalanadi. Kristallizatsiyani uch kecha-kunduz davomida haroratni asta- sekin pasaytirish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Natriy glutamat kristallarini sentrifugalash yo‘li bilan ajratib olinadi va iliq havo oqimida quritiladi. MRTU 18/210-68 talablariga muvofiq oziq-ovqat tarkibiga qo‘shish uchun javob beradigan natriy glutamat quyidagi tarkibga ( % hisobida ) ega bo‘lishi lozim: Asosiy mahsulot miqdori - 94 dan kam bo‘lmagan miqdorda Natriy xlorid - 5 dan oshiq bo‘lmagan miqdorda Namlik -1 dan oshiq bo‘lmagan miqdorda Umumiy azotning miqdori - 7,02 dan kam bo‘lmagan mimqdorda. Glutamin kislotani ikki bosqichli uslubda ajratib olish Bu ishni amalga oshirishda alfa-ketoglutar kislotadan transamilaza yoki glutamatdegidrogenaza ishtirokida kechadigan quyidagi o‘zaro ta’sirlanish reaksiyalaridan foydalaniladi: I variant –amnokislotalarning qayta aminlanishi: Alfa-ketoglutar kislota + aminokislota-----L-glutamin kislota+Tran- samidaza+alfa ketokislota; II variant qaytariluvchi aminlanish: Alfa-ketoglutar kislota + NH 4 + + NADH------L-glutamin kislo- a+N 2 O+ glutamatdegidrogenaza+NAD + Har ikkala holatda alfa-ketoglutar kislota glutamin kislotani biosintezida dastlabki mahsulot vazifasini bajaradi. Bu reaksiyalarni amalga oshirish uchun manba sifatida alfa-keto- glutar kislota va tegishli ferment tizimini bo‘lishi talab qilinadi. Ushbuni birinchisini amalga oshirish uchun arzon xom-ashyodan foydalanib ko‘p miqdorda alfa-ketoglutar kislota ishlab chiqaradigan mikroorganizmlarni tanlash lozim bo‘ladi. Alfa-ketoglutar kislotasini produsenti sifatida Pseudomonas va Escherichia lar bo‘lishi mumkin, agar bu maqsadda 58 Kluyverd citrophila dan foydalanilsa alfa-ketoglutar kislotaning yig‘ilish chiqimi 57 % ga yetar ekan. Candida avlodiga mansub bo‘lgan achitqi- zamburug‘lar n-parafinlarda o‘stirilganda alfa-ketoglutar kislotani pirouzum kislota bilan birgalikdagi aralashmasi 6:1 nisbatda hosil qiladi. Bunda biosintez natijasida o‘zlashtiriladigan karbonvodorodlardan hosil bo‘ladigan mahsulotning iqtisodiy samara koeffitsiyenti 90 % ga yetar ekan. Transamidaza fermenti produsentlari vazifasini har xil mikroor- ganizmlar, masalan, E.coli bajarishi mumkin. Aminoguruhning donori sifatida asparagin kislota yoki alanin xizmat qilishi mumkin. Qayta- riluvchi aminlanishni Pseudomonas dan foydalanib amalga oshiriladi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling