M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Trixotsetinni ajratib olish texnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
6.7. Trixotsetinni ajratib olish texnologiyasi Trixotsetin antibiotigi tarkibida kislorod tutuvchi birikmalar jumlasiga kiradi. U fungisid faollikka ega bo‘lgan va toksikligi kam birikmadir. Uning empirik formulasi C 19 H 24 O 5 , struktura formulasini quyidagicha: yozish mumkin. Trixotsetin izokarton kislotasining to‘yinmagan trixotekolon spirti bilan hosil qilgan murakkab efiri hisoblanadi. Suvda kam eriydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, haroratga nisbatan va kislotalarga nisbatan chidamli. Bu antibiotikning produsenti mog‘or zamburug‘i Trichothe- cium roseum L hisoblanadi. Ishlab chiqarish sharoitida zamburug‘ni bir necha bosqichlarda o‘stirib ko‘paytiriladi: dastavval kolbalarda, keyin ekish kolbalari va ekish apparatida. O‘stirib ko‘paytirish uchun kerakli materialni olishning hamma bosqichlarida bir-xil oziqa muhitidan foy- dalaniladi, uning takibi ( % hisobida): shakar-1,0; makkajo‘xori ek- 80 strakti-1,0; ammoniy sulfat-0,12; ikki almashingan kaliy fosfat-0,1 dan tashkil topadi. O‘stirib ko‘paytirishni pH 5,0-5,2 chegarasida va haro- ratni 24-26 0 C da olib borilib, uning 1- va 2-generatsiyalarini davomi- yligi 1,5-2 kunni tashkil qilishi lozim. Kolbada o‘stirilgan miеsellial massa muhit hajmini 1-3 % ni tashkil qilib, mahsulot ajratib olishda ekish apparatiga o‘tkaziladi. Ekish appa- ratida o‘stirganda ham bu jarayonni 24-26 0 C da, aralashmani doimo aralashtirib turib va aeratsiyali (1 minutda 1 hajm muhitga 1 hajm havo yuborish) sharoitda amalga oshiriladi. Asosiy fermentyorga bu materi- alni muhitning umumiy hajmini 10 % gacha hajmida etib ko‘chiriladi. Sanoat ishlab chiqarishi uchun oziqa muhitini quyidagi tarkibidan foy- dalaniladi ( % hisobida): makkajo‘xori uni -1; glitserin-1; bir almashin- gan yoki ikki almashingan kaliy fosfat-0,24; kaliy nitrat yoki ammoniy sulfat-0,06; kalsiy karbonat va magniy xloridlardan - 0,2 dan; kashalot yog‘i-0,1; qolgani suv. Muhit suyuqligi pH ni vaqti-vaqti bilan xlorid kislota yordamida titrlab turish asosida 5,3-5,6 atrofida ushlab turiladi, boshqa barcha sharoitlar yuqorida keltirilgan sharoitlarni aynan o‘zi hisoblanadi. Biosintez davomiyligi 64-90 soatni tashkil qiladi. Jarayon shakarning konsentratsiyasi 0,1-0,2 % ga pasayganda, muhit pH 6,4-6,8 gacha ko‘tarilganda, suyuqlikdagi antibiotikning faolligi 300-400 mkg/ml bo‘lganda nihoyasiga yetdi deb hisoblanadi. Suyuqlik mitseliy va undagi muallaq moddalardan xolis bo‘lish uchun filtrlanadi, filtratdan esa xloroform yordamida ekstraksiyalash yo‘li bilan antibiotik ajratib olinadi. Bu bosqichda 1 m 3 eritma hisobiga 40 l xloroform sarflanadi. Bu uslub bo‘yicha aralashma tarkibidagi trixotsetinning 85 % ni ajratib olish mumkin bo‘ladi. Ekstraktni vakuumda bug‘lantiriladi, so‘ng 1 kg antibi- otik hisobiga 10 l etanol qo‘shib aralashtiriladi va pasta tayyorlash uchun yo‘naltiriladi. Uni spirtli konsentratni emilgator OP-7 va kaolinlarni 1:0, 6:8,5 nisbatda aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan pastani 65-70 0 C da quriti- ladi. Tayyor mahsulotni 4 qavatli qog‘oz xaltachalarga 2-5 kg dan etib qadoqlanadi. Tayyor preparat oq-sarg‘ish rangli, tarkibida 10 % trixotesin, 3 % emulgator OP-7 va 87 % kaolindan tashkil topgan bo‘ladi. Trixotsetin tamaki, bodring, mevali daraxtlar, tok va g‘allasimon- larning har xil kasalliklarga qarshi kurashda ishlatiladi. Uning 0,001- 0,002 % li eritmasidan foydalaniladi. Shu yo‘sinda bug‘doy urug‘iga ishlov berish, uning hosilini 25-30 % ga oshiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling