M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollari
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
1.4. Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollari Biotexnologiyaning zamonaviy rivojlanishida yirik reaktorlarda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni har xil manbadan iborat bo‘lgan asosga fermentlar yoki mikroorganizmlar hujayralarini immobilizatsi- yalangan holda joylashtirish asosida amalga oshirish ulkan imkoniyatlar yaratadi. Biotexnologik sintez jarayonlarini shu yo‘sinda tashkil qilish juda qimmatli fermentlar va mikroorganizmlarning hujayralaridan uzoq muddatlarda foydalanish hamda ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil qilish imkoniyatini beradi. Immobilizatsiyalangan fermentlardan foydalanib sanoat ishlab chiqarishi miqyosida kraxmaldan fruktozani ajratib olish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi paytda ifloslangan oqova suvlarni tozalash va immobilizatsiyalangan tizimlar yordamida glyukoza va qator xo‘jalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddalarni ajratib olish yo‘lga qo‘yilmoqda. Biotexnologiyaning istiqbolli yo‘nalishlaridan yana biri gen muhan- disligi asosida mikroorganizmlarning yangi shtammlari-produsentlarni yaratish va shu asosda aminokislotalar, shuningdek gormonal va boshqa biofaol preparatlarni ajratib olish muammolarini hal qilish hisoblanadi. Bu xil yo‘nalishdagi ishlarning yaqqol misoli sifatida ilk bor insulin, interferon, o‘sish gormonlari va boshqa biofaol moddalarni mikrobiolo- gik sintez yo‘li bilan ajratib olinganligini keltirib o‘tish mumkin. Gene- tik muhandislik asosida genetik materialni bir xil organizmlardan, jum- ladan yuqori darajada taraqqiy etgan organizmlardan bir hujayrali orga- nizmlarga ko‘chirib o‘tkazish orqali amalga oshiriladigan yangi biotex- nologik sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarini ochish mumkin bo‘ladi. Biotexnologiyaning rivojlanishini istiqbollarida mikrobiologik o‘g‘it- lar va o‘simliklarni muhofaza qilish vositalarini assortimenti tamoman yangilanadi va kengayadi, natijada yangidan yangi biopreparatlar ishlab chiqariladi hamda ulardan amaliyotda keng foydalaniladi. Yaqin kelajak- da tarkibida kraxmal va sellyuloza bo‘lgan mahsulotlardan va sut mah- sulotlari chiqindilaridan fruktoza, galaktoza, glyukoza-fruktozali shar- batni enzimatik sanoat ishlab chiqarishi orqali ishlab chiqish yo‘lga qo‘yiladi. Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollaridan yana bir yo‘nalishi adenozintrifosfat (ATF) ni, ya’ni tirik mavjudotlarning universal akku- mulyatorini sanoat miqyosida ishlab chiqarishdan iboratdir. Bu moddani 15 sanoat miqyosida ishlab chiqarish hujayrasiz tizimlarda enzimatik sin- tezni amalga oshiruvchi biokimyoviy sanoat ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Biotexnologiya kelajakda ishlab chiqarishni xomashyo bilan ta’min- lash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati chiqindilarini bevosita xo‘- jaliklarni o‘zida yem-oziqa oqsili, yengil o‘zlashtiriladigan karbonsuvlar va hayvonlar uchun yem-oziqalarning boshqa xillarini, shuningdek ikki- lamchi yoqilg‘i (biogaz), o‘g‘itlar konservantlar ishlab chiqarishni uddasidan chiqadi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling