M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
1-Rasm. Mikrobli sintez yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqarish sanoatin- ing ko‘p bosqichli biotexnologik tizimi. 12 Biotexnologik tizimni shakllantirishda produsent-mikrob hujay- ralarini o‘stirish rejimini ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga egadir.. Bunda hujayraning fiziologik ehtiyojini maksimal qondirishga intilish lozim. Shundagina hujayraning genetik potensialidan to‘liq foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu narsa o‘simlik materiallarini gidrolizi natijasida ho- sil bo‘ladigan karbonsuvlarni hammasidan oziqali achitqi ajratib olishda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yo‘lga qo‘yilishi achitqili biomassani karbonsuvlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada rivojlanib ketdi. Hujayrani o‘stirishni ta’minlaydigan qurilmalarning muhandislik nuqtai nazaridan baholaganda, biotexnologik tizimni ishlashini optimal- lashtirishda matematik modellashtirish asosida EHM dan foydalanish va butun tizimni avtomatik boshqarilishiga erishish yaxshi samara beradi. Biotexnologik tizimning to‘liq va uzluksiz ishlashini ta’minlashning keyingi bosqichi maqsadli ishlab chiqarilgan mahsulotni kafolatli saqla- nishi va o‘z vaqtida undan foydalanilishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. 1.3. Mikroblar yordamida ajratib olinadigan biofaol moddalar Biopreparatlarni, ularni ajratib olish texnologiyalariga qarab uchta guruhga bo‘lish mumkin bo‘ladi: 1. Tovar mahsulot sifatida tirik mikroorganizmlar komponentini tutuvchi biopreparatlar. Bu xil tovar mahsulotlari jumlasiga o‘simliklarni muhofaza qilish vositalari, bakterial o‘g‘itlar, yem-hashaklarni silosga aylanishini ta’minlovchilar, biodegradientlar va boshqa biotrans- formatsiyalovchi faol vositalar kiradi. 2. Faolsizlantirilgan hujayralar va ularni qayta ishlash natijasida hosil qilingan biomassalardan tashkil topgan biopreparatlar. Bular jumlasiga achitqili oziqa, zamburug‘li mitselliylar va boshqalar kiradi. 3. Mikroorganizmlarning metabolizmi asosida tozalab ajratib olin- gan biopreparatlar. Bular jumlasiga vitaminlar, aminokislotalar, ferment- lar, antibiotiklar, biolipidlar, polisaxaridlar, mikrob biomassalari va metabolitlarini kompleks qayta ishlash mahsulotlari kiradi. Biotexnologiyaning istiqboldagi imkoniyatlari cheksiz. Hozirgi kun- da uning uchta yo‘nalishi diqqatga sazovordir. 1. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalish. Bu sohaga: 13 – yog‘och qoldiqlari va neftning karbonvodorodlarini gidrolizlash asosida ajratib olinadigan mikrob oqsillaridan chorva mollari ratsionini yaxshilashda foydalanish; – chorva mollari oziqasiga qo‘shib berish maqsadida almashinmay- digan aminokislotalar biosintezini sanoat miqyosida amalga oshirish; – mikrob oqsili, aminokislotalar, vitaminlar va boshqa chorva mol- lari ratsionini boyitishdan tashqari, parrandalar va qishloq xo‘jalik hay- vonlarini kasalliklarini profilaktikasini amalga oshirishda, shuningdek madaniy o‘simliklarning zararkunandalariga qarshi samarali kurashni amalga oshirishda virus va bakterial preparatlardan foydalanish; – dehqonchilik uchun bakterial o‘g‘itlardan foydalanish: bu pre- paratlar tarkibi azot yig‘uvchi mikroorganizmlardan tashkil topgan bo‘lib, ular havo azotini o‘zlashtirish, uni o‘simlik tomonidan ham oson o‘zlashtirilishini ta’minlanishiga erishish; – qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi xom-ashyosini qayta ishlash va chorvachilik uchun yangi turdagi yem-oziqa ishlab chiqarishda ferment preparatlaridan foydalanish kabilar kiradi. Bu maqsadda multienzim komplekslar (MEK) yaxshi samara beradi. Somonni oziqaviy somon- konsentrat (oqsilli-karbonsuvli oziqa) ga aylantirishda MEK dan foyda- lanish juda yaxshi samara beradi. Agar biotexnologiyaning rivojlanishini «birinchi davri»da fermentlar kompleksining imkoniyatlari chegaralan- gan bo‘lsa, uning «ikkinchi davri» da fermentativ spektri juda keng bo‘lgan MEK lar ishlab chiqildi. 2. Biotexnologiyaning ikkinchi rivojlanish yo‘nalishi biologiya tizimi fanlari va sog‘liqni saqlashga oid izlanishlarni o‘z ichiga oladi. Gen muhandisligi va molekulyar biologiyaning yutuqlari asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish va davolash maqsadlari uchun foydalaniladigan yuqori samara beruvchi antibiotiklar, monoklonal antitelalar, interferon, vitaminlar, aminokislotalar, shuningdek fermentlar va boshqa bioprepa- ratlarni ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu preparatlarning ba’zilari hozirgi kunda tibbiyot va veterinariyada samarali ravishda foydala- nilmoqda. 3. Biotexnologiyaning uchinchi rivojlanish yo‘nalishi sanoat uchun kerak bo‘ladigan mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi. Hozirdan boshlab bu mahsulotlar oziq-ovqat va yengil sanoat ehtiyojlari uchun kerak bo‘ladigan fermentlar misolida ishlab chiqarila boshlandi. Yaqin kelajakda sanoatning metallurgiya (flotatsiya jarayonida ba’zi moddalar- dan foydalanish, metallani quyish jarayonlari) da, neft-gaz sanoati (quduqlar qazishda, o‘simlik va mikrob biomassalaridan kompleks 14 foydalanish) da, rezina va lak sanoati (sintetik kauchukka oqsil qo‘- shimchasi qo‘shib sifatini yaxshilash) da foydalanilmoqda. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling