M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

Har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy 
ko‘rsatkichlari 
(100 g oqsil tarkibidagi aminokislotalarning miqdori) 
Aminokislotalar 
Tuxum 
albumini 
Ho‘kiz qon 
zardobi 
albumini 
Soya 
uni 
oqsili 
Achitqi 
biomassasi 
oqsili 
Triptofan 
1,6 

0,4 
0,3 
Lizin 
6,4 
13,0 
5,1 
5,1 
Gistidin 
2,4 
3,9 
1,8 
1,7 
Arginin 
6,1 
6,0 
4,4 
2,3 
Asparagin kislota 
9,0 
10,2 
6,7 
4,6 
Treonin 
5,1 
5,9 
3,3 
2,9 
Serin 
3,5 
4,0 
3,3 
2,5 
Glutamin kislota 
16,0 
16,3 
8,6 
6,5 
Prolin 
8,1 
5,1 
2,9 
1,4 
Glitsin 
3,6 
2,0 
2,5 
2,2 
Alanin 
7,4 
5,3 
2,3 
3,3 
Sistin 
2,4 

0,9 
0,3 
Valin 
7,3 
7,0 
3,4 
3,0 
Metionin 
3,1 

0,8 
0,9 
Izoleysin 
6,6 
2,4 
2,8 
3,1 
Leysin 
8,8 
10,8 
4,4 
3,7 
Tirozin 
4,2 
4,5 
2,1 
2,3 
Fenilalanin 
5,5 
5,8 
3,1 
2,5 


10 
Achitqili oziqa tarkibidagi oqsil arpa yoki sulidagiga nisbatan 
o‘rtacha 5 marta ko‘proq (jumladan lizin 10 marta, metionin 5 marta va 
triptofan 3 marta ko‘proq) bo‘ladi. Bundan tashqari quruq achitqida 
amaliy jihatdan B guruhi vitaminlarini hammasi va qator o‘sish omillari 
uchraydi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirishda bu yem-oziqadan 
foydalanish juda katta samara beradi. Xususan 1 t achitqili oziqa 7 t 
g‘allani iqtisod qilish va qo‘shimcha ravishda 0,8 t cho‘chqa go‘shti, 5 t 
parranda go‘shti yoki 150000 dona tuxum yetishtirish imkonini beradi. 
Buzoq va cho‘chqa bolalari ratsioniga 1 t achitqili oziqa qo‘shish aholi 
uchun 6 t sutni qo‘shimcha ravishda yetkazish imkonini beradi. 
Shuningdek, yem-oziqa, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda va 
tibbiyotda foydalanishga qaratilgan aminokislotalar, ferment preparat-
lari, tibbiyot va veterinariya ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan antibiotiklar 
dehqonchilik uchun zarur bo‘lgan biologik o‘g‘itlar, o‘simliklarni muho-
faza qilish mahsulotlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish muhim 
ahamiyatga ega. Bundan tashqari mikrobli transformatsiya jarayonla-
ridan foydalangan holda vitaminlar, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga 
qo‘shish uchun kerakli moddalar, yarim sintetik antibiotiklar va dorivor 
moddalarni ajratib olish biotexnologiyaning istiqbolli yo‘nalishlaridan 
biri hisoblanadi. 
Hozirgi davrda mikroblar yordamida sanoat miqyosida amalga 
oshiriladigan sintez yagona biotexnologik tizimdan iborat bo‘lishi lozim. 
Bu tizim o‘z ichiga ishlab chiqariladigan mahsulotning turi, uning mah-
sulot sifatidagi shakli va miqdoriy ko‘rsatkichiga qarab ketma-ket amal-
ga oshiriladigan bosqichlar va operatsiyalarni qamrab oladi. Biotexno-
logik tizimning umumiy ko‘rinishi 1-Rasmda keltirilgan. Odatda mik-
rob-produsentni tanlashda mikroorganizmning eng yuqori mahsuldor 
shtammini tanlab olinadi. Bunda molekulyar biologiya, seleksiya va mo-
lekulyar genetikaning eng so‘nggi yutuqlari bilan qurollangan holda ish-
ni mikrob hujayralarini biokimyosi, fiziologiyasi va gen muhandisligiga 
tegishli bilimlarga tayanib olib boriladi. Shu yo‘sinda produsent-shtamm-
ning biotexnologik jihati baholanadi va uning potensial imkoniyatlari 
haqida xulosalar chiqariladi. Biotexnologik tizimning samaradorligi pro-
dusent-mikrobning maqsadli mahsulot ishlab chiqarishini ta’minlashda 
uni o‘stirishga tegishli bo‘lgan eng kam harajatli tarkibga ega bo‘lgan 
kimyoviy komponentlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Tanlash va-
riantlarini bir tomondan mikrob hujayrasini energetik va moddiy ehti-
yojini qoplaydigan va boshqa tomondan texnologik uslub va xomash-
yoni qimmati nuqtai nazardan eng qulay bo‘lgan variant tanlab olinadi.


11 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling