162
VARIANT – III
Ko‘p tanlov javobli test topshiriqlarining shakllari
a. Teng nisbatda tog‘ri va noto‘gri javoblardan iborat topshiriqlar
(1,2,3,4,5-topshiriqlar).
b. Qarama-qarshi tushunchalardan iborat juft topshiriqlar (6-top-
shiriq).
c. O‘zaro mos keladigan tushunchalarni aniqlash topshiriqlari (7,8-
topshiriqlar).
Ko‘p tanlov javobli test topshiriqlari (n=50)
1. Aminokislotalarni oqsil gidrolizatlaridan ajratib olishda quyidagi
xomashyo manbalaridan qaysilaridan foydalaniladi?
A – go‘sht sanoati qoldiqlari; B – suv; C – sut kazeini; D – bug‘doy
kleykovinasi; E – sirka kislota; F – oqova suvlar.
(3) ……..
2. Triptofan biosintezida qaysi xomashyo
moddalardan foydala-
niladi?
A – sirka kislota; B –
chumoli kislota; C – indol; D – chumoli
aldegid; E – fosfat kislota; F – ammiak.
(3) ……..
3. Pirouzum kislota qaysi aminokislotalarni biosintezlanishida dast-
labki mahsulot sifatida xizmat qiladi?
A –
asparagin; B – valin; C – alanin; D – leysin; E – fenilalanin;
F - arginin.
(3) ……..
4. Lizin aminokislotasini sintezlashda
ozuqa muhitiga qaysi
mikroelementlarni kiritish kerak?
A – K; B – Cl; C – P; D – Mg; E – Br; F – Mn.
(3) ……..
5. Antibiotik moddalar zanjirining tuzilishiga qarab qanday guruh-
larga bo‘linadi?
163
A – xinoid; B – qutbli; C –
gidrofob; D – siklik; E – alisiklik;
F – aromatik; H – peptid; I – qutbsiz.
(4) ……..
6. Quyidagi preparatlar orasidan virusli (1), zamburug‘li (2),
bakterial (3), va bacterial o‘g‘it (4) larni alohida-alohida qilib ajrating.
A – ektobakterin; B – nitragin; C – boverin; D – virin-ENSH; E –
virin-AOK; F – azotobakterin; H – fosfobakterin; I – ekzotoksin.
1. (2) ………
2. (1) ………
3. (2) ……...
4. (3) ……...
7. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan steroidlarning
mikrobiologik
transformatsiyasi natijasida olingan mahsulotlar va ularni transformatsi-
yalanishini ta’minlab beradigan mikroorganizmlarni mos holda juftlang.
A – 11-alfa-gidroksiprogesteron; B – gidrokortizon; C – 9-alfa-
ftor,16-alfa gidroksikortizol; D – prednizol; E - androstadien.
1.
Curvularia lunata; 2.
Rhizopus nigricans; 3.
Streptomyces
rosechromogenius; 4.
Arthrobacter simplex; 5.
Mycobacterium sp .
A - …. ; B - ….; C - …. ; D - ….; E - …. .
8. Quyidagi biovit va ularning 1 gr miqdoriga tog‘ri keladigan vita-
min B
12
miqdorini mos holda juftlang.
A – biovit-20; B – biovit-40; C – biovit-80.
1. 8 mkg; 2. 5 mkg; 3. 3 mkg.
A - ….; B - ….; C - …. .
Do'stlaringiz bilan baham: