M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Boverin – zamburug‘larning hayotiy faoliyati asosida olinadigan entomapatogen preparat turi.  Elektroforez –


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

Boverin – zamburug‘larning hayotiy faoliyati asosida olinadigan
entomapatogen preparat turi. 
Elektroforez – elektr maydoniga joylashtirilgan maxsus gel ichida 
molekulalarni o‘rta qismidan kattaligiga ko‘ra bir-biridan ajratish uslubi. 
Endonukleaza – DNK zanjirlarini kesuvchi fermentlar (restrikta-
zalar). 
Entobakterin – bakteriyalarning hayotiy faoliyati asosida olina-
digan entomapatogen preparat turi.
Fag – bakteriofag so‘zining qisqartmasi. 
Fermentlar – organizmda boradigan hayotiy jarayonlarni kataliz-
laydigan oqsil tabiatli yuqori molekulyar organik birikmalar. 
Fermentyor – laboratoriyada yoki sanoat miqyosida mikroorga-
nizmlar yoki yuksak organizmlar hujayralarini o‘stirish uchun xizmat 
qiladigan maxsus asbob. 
Fitobakteriomitsin – zamburug‘larning hayotiy faoliyati asosida 
olinadigan, streptotritsin guruhiga mansub bo‘lgan antibiotik modda. 


166 
Fosfobakterin – bakteriyalarning hayotiy faoliyati asosida oli-
nadigan bakterial o‘git turi. 
Gen – polipeptid zanjiri sinteziga javobgar bo‘lgan DNK bo‘lagi.
Genetik injeneriya – gen yoki genlar yig‘indisining maqsadga
muvofiq o‘zgartirilishi asosida mahsulotlar ishlab chiqarish. 
Genlarni klonlash – ko‘zlangan DNK bo‘lagini vektorlar vosita-
sida ko‘paytirish. 
Gibridoma – limfosit yoki har qanday normal hujayra bilan rak 
hujayrasining qo‘shilishi natijasida hosil qilingan, tez bo‘linuvchi dura-
gay hujayralar to‘plami. 
Gigromitsin – zamburug‘larning hayotiy faoliyati asosida ishlab 
chiqariladigan antibiotik modda. 
Grizin – zamburug‘lar asosida olinadigan streptotritsinlar guruhiga 
kiruvchi antibiotik. 
Immunitet – organizmning virus va mikroblardan iborat bo‘lgan 
infeksion manbalar, shuningdek noinfeksion tabiatli qator organik 
moddalarga nisbatan chidamliligi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling