170
XOTIMA
Biotexnologiyaning zamonaviy rivojlanish darajasi biologik faol va
dorivor moddalar biotexnologiyasiga oid ma’lumotlarning
yanada
ko‘payishiga olib kelishi shubhasiz. Shu bois, ushbu o‘quv qo‘llanma ilk
bor yaratilganligini va ayrim kamchiliklardan xoli emasligini alohida
qayd etgan holda shuni aytish lozimki, qo‘llanmaga tegishli bo‘lgan bar-
cha tanqidiy mulohazalar, xohish va takliflar
mualliflar tomonidan
mamnunlik bilan kutib olinadi.
Fikrimizcha, yaqin kelajakda texnik mikrobiologiya va texnik
biokimyo, muhandislik emzimologiyasi,
genetik muhandislik, hujayra
muhandisligi uslublari bilan qurollangan zamonaviy biotexnologiya
yangidan yangi muvaffaqiyatlarning sohibi bo‘ladi. O‘z
navbatida
«Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi» nomi bilan atal-
gan fan biotexnologiyaning yangi uslublari asosida tabiiy chiqindilardan
manba sifatida foydalanib yaqin istiqbolda tonnalab aminokislotalar,
nukleotidlar,
fermentlar, vitaminlar, antibiotiklar, qishloq xo‘jaligi
zararkunandalariga
qarshi kurash vositalari, tibbiyot va veterinariya
uchun dori-darmonlar kabilarni ishlab chiqishga erishadi. Shuningdek,
atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish yo‘l-yo‘riqlari
va texnologiya-
larini ishlab chiqishga, nihoyat oqibat natijada umumbashariyatning
abadiy orzusi – barcha ishlab chiqarish tarmoqlarini
chiqindisiz yopiq
zanjir asosida tashkil qilishga asta-sekin qodir bo‘la boradi.