M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

Immobilizatsiyalangan hujayralar – biron bir organik asos (gel, 
membrana, tolalar) ga birikkan hujayralar. 
Immobilizatsiyalangan fermentlar – molekulasi u yoki bu yo‘-
sinda ma’lum bir asosga birikish orqali hosil qilingan ferment preparati. 
Interferonlar – umurtqali hayvonlar hujayralari tomonidan sintez-
lanadigan virusli infeksiyaga qarshi ishlab chiqariladigan va hujayra-
larning virusga qarshiligini keltirib chiqaradigan oqsillar. 
Kallus to‘qima – hujayraning bo‘linishidan hosil bo‘lgan, deyarli 
ixtisoslashmagan hujayralar to‘plami. 
Klon – bitta hujayradan hosil bo‘lgan irsiy jihatdan o‘xshash hu-
jayralar to‘plami. 
Kodon – DNK yoki RNK ning ma’lum aminokislota, translyatsi-
yaning boshlanishi yoki nihoyasini kodlaydigan uchta nukleotiddan 
iborat qismi.
Konyugatsiya – bakteriyalardagi jinsiy ko‘payish jarayoni, bunda 
DNK donor hujayradan retsipiyent hujayraga ko‘chiriladi. 
Mikrobiologiya – mikroskopik kattalikka ega bo‘lgan organizm-
larni o‘rganuvchi fan. 
Mikrobiologik transformatsiya – mikroorganizmlarning hayotiy 
faoliyati natijasida dastlabki mahsulotning qisman o‘zgarishi. 
Molekulyar genetika – organizmlar irsiyatining molekulyar asos-
larini o‘rganuvchi genetikaning bir bo‘limi. 


167 
Monoklonal antitana – bir tur antitana hujayralarining o‘sma hu-
jayralariga duragaylash orqali olingan gomogen antitana oqsil moleku-
lalari. 
Nitragin – Rhizobium avlodiga mansub bo‘lgan tugunak bakteriya-
larining hayotiy faoliyati asosida tayyorlanadigan bakterial o‘git turi. 
Nitrogenaza – atmosfera azotini o‘zlashtirilishini katalizlashda 
ishtirok etuvchi ferment. 
Plazmid – xromosomadan tashqarida joylashgan o‘z-o‘zini repli-
katsiya qila oladigan halqali DNK molekulasi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling