M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
Kerakli biomaterial: siydik.
Kerakli jihozlar: voronka, qog‘oz filtr, probirkalar. Kerakli reaktivlar: otquloq kislotasining natriyli tuzini to‘yingan eritmasi, ammiakning 15 % li eritmasi (tayyorlash:konsentrlangan ammiakni urometr yordamida solishtirma og‘ irligi aniqlanadi va 1 l hajmda eritma tayyorlash uchun solishtirma og‘irligi 0,882 bo‘lsa 486 ml; 0,884 bo‘lsa 497 ml; 0,886 bo‘lsa 514 ml; 0,888 bo‘lsa 530 ml; 0,890 bo‘lsa 542 ml suv qo‘shiladi), sirka kislotasini 2 % li eritmasi, molibdenli reaktivi( tayyorlash:18,75 g ammoniy molibdatga 250 ml suv va 250 ml 32 % li nitrat kislota solinadi hamda tuz erib ketguncha aralashtiriladi),bariy xlorning 1% li eritmasi,kumush nitratning 1% li eritmasi, nitrat kislota konsentrlangan eritmasi. 1 –tajriba. Kalsiy, magniy va fosfatga xos reaksiya Siydik tarkibidagi kalsiyni otquloq kislotani ammoniyli tuzini qo‘shib kalsiy oksalatga aylantirish yo‘li bilan aniqlasa bo‘ladi. Reaksiya tenglamasi: 167 Ca 2+ + S 2 O 2- 4 =CaS 2 O 4 Kalsiy oksalatni filtrlab ajratib olingandan keyin filtrat tarkibida magniy va fosfatni aniqlash mumkin bo‘ladi. Buning uchun filtratga ammiak qo‘shiladi: Mg 2+ +PO 4 +NH 4 + NH 4 MgPO 4 Ishni bajarish tartibi.Probirkaga 3 ml siydik olib, 5 tomchi sirka kislota va 5 tomchiammoniy oksalat qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma filtratdan ajratib olinadi.Filtratga 4 tomchi ammiak tomiziladi va birozdan so‘ng yengil magniy ammoniy fosfat cho‘kmasi hosil bo‘ladi. 2 –tajriba. Molibden reaktivining fosfat bilan reaksiyasi Ishni bajarish tartibi.Probirkaga 3 tomchi siydik, 5 tomchi tarkibida ammoniy molibdat bo‘lgan molibden reaktivi tomiziladi va biroz qizdiriladi. Aralashma oldin sariq rangga kiradi, so‘ng qiyin eriydigan magniy fosfomolibdat cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling