166
siydikning eng yuqori suyultirish ko‘rsatkichi belgilab olinadi va
amilazaning faolligi: X=2n formula asosida hisoblab topiladi. Bu yerda X-
siydik
tarkibidagi
diastazani
faolligini;
n-siydikning
kraxmal
parchalanishini ta‘minlaydigan eng kichik qiymati.
2- tajriba. Siydik tarkibida aminokislotalar borligini aniqlash
Ishni bajarish tartibi. Probirkaga 5 tomchi siydik va 3
tomchitarkibida EDTA bo‘lgan ningidrinning 0,2 %
li spirtli eritmasi
solinadi va biroz qizdiriladi. Aralashmaning ko‘k rangga bo‘yalishi siydik
tarkibida aminokislotalar borligidan dalolat beradi. Rangning jadalligi
aminokislotalarning miqdoriy ko‘rsatkichiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
69-ish.Siydik tarkibidagi mineral moddalarga xos reaksiyalar
Siydik bilan doimiy ravishda xilma xil mineral moddalar ajratiladi.
Ular jumlasiga: natriy,kaliy,kalsiy, magniy kationlari; fosfat
, sulfat,
karbonat, xlor anionlari, shuningdek xilma xil mikroelementlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: