M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-jadval Har xil yog‘larning to‘yinmaganlik darajasiga oid ma’lumotlar Probirka № Yog‘ning xili Erituvchi
Kerakli reaktivlar:xloroform, yodning 0,001 N , 0,2 N va 0,1 N
eritmalari va 0,5 N spirtli eritmasi, natriy tiosulfatning 0,1 N eritmasi, natriy giposulfatning 0,1 N eritmasi, kraxmalning 1% li eritmasi, efir va 129 spirt aralashmasi(1:1), fenolftaleinning spirtdagi 0,1 % li eritmasi, konsentrlangan va 0,1 N xlorid kislota, kaliy ishqorining 0,1 N eritmasi. 1- tajriba. Yog‘larning to‘yinmaganlik darajasini qiyoslash Ishni bajarish.To‘rtta probirka olib shtativga joylashtiriladi. Birinchi probirkaga qo‘y yog‘idan, ikkinchisiga-qoramol yog‘idan, uchinchisiga- margarindan 1 g dan va to‘rtinchisiga paxta moyidan 1ml dan solinadi va ularning hammasi 3 ml dan xloroformda eritiladi. Aralashmalar mikrobyuretkagi yodning 0,001 N eritmasi yordamida alohida- alohida titrlanadi. Yod eritmasini titri uchun sarflangan miqdoriga qarab sinovda bo‘lgan yog‘larning to‘yinmaganlik darajasi aniqlanadi. Tahlil natijalari 16-jadval tarzida rasmiylashtiriladi. 16-jadval Har xil yog‘larning to‘yinmaganlik darajasiga oid ma’lumotlar Probirka № Yog‘ning xili Erituvchi Titr uchun sarf bo‘lgan 0,001 N yod eritmasi 1 Qo‘y yog‘i Xloroform 2 Qoramol yog‘i Xloroform 3 Margarin Xloroform 4 Paxta moyi Xloroform Xulosa 1-tajriba. Yog‘larning yod sonini aniqlash Ishni bajarish tartibi.Konussimon kolbaga 0,1 ml paxta moyi solib, 10 ml xloroformda eritiladi va ustiga 25 ml 0,1 N yodning spirtli eritmasi qo‘shiladi. Kolbani shlifli tiqin bilan yopib yaxshilab aralashtiriladi va qorong‘u joyda 2 soat tinch qo‘yiladi. Bundan keyin oldin reaksiyaga kirmay qolgan yodni 0,1 N natriy tiosulfit eritmasi bilan och sariq rang hosil bo‘lgunga qadar, so‘ng esa aralashmaga 1 ml 1 % li kraxmal eritmasi qo‘shib ko‘k rang hosil bo‘lgunga qadar titrlanadi. Yod sonini quyidagi sarhisob qilish tamoyili asosida hisoblab topiladi. Bunda 1 ml 0,1 N natriy giposulfitiga 1 ml 0,1 N yod eritmasi (ya’ni 0,01272 g ) ekvivalentligini inobatga olinadi. Kolbaga qancha ml yod (a) eritmasi solinganligi va teskari ( ikkinchi) titrlashda sarflangan natriy giposulfit (v)ning miqdorini bilgan xolda yog‘ bilan bog‘langan yod |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling