17- mavzu. Lipoidlarni biomateriallardan ajratib olish va
xossalarini o‘rganishga oid reaksiyalar
Lipoidlar
boshqachasiga
yog‘simon
moddalarga:
mumlar,fosfatidilglitseridlar, sfingolipidlar, sterin va steridlar kiradi.Bu
moddalar tirik organіzm tarkibida uchrovchi eng labil lipidlar jumlasiga
kiradi. Lipoidlar neytral yog‘lar kabi organik erituvchilarda yaxshi eriydi,
ulardan farqli o‘laroq gidrolizlanganda glіtserin va yog‘ kislotalaridan
tashqari boshqa birikmalar- fosfat kislota, azotli asoslar, siklik va asiklik
spirtlar, karbonsuvlar hosil bo‘ladi. Bu guruhga kiradigan moddalarning
ko‘pchiligini tarkibida gliserin bo‘lmaydi.Lipoidlarga sterin va steridlar
ham kiradi. Ular o‘simlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan
organik moddalar hisoblanadi.
Darsningmaqsadi.Biomateriallar tarkibidagi fosfoglitsridlar, sterin
va steridlarni ajratib olish uslublari, ularning xossalari, tarkiblari bilan
tanishish, vashu mavzuga oid nazariy bilimlarni mustahkamlash.
49- ish.Hayvon to‘qimasidan lesitinni ajratib olish, gidrolizlash va
tarkibini o‘rganishga oid reaksiyalar
Kerakli biomateriallar
: tuxum sarig‘ i, miya to‘qimasi
Kerakli jihozlar:suv hammomi, stakan, shisha tayoqcha, voronka,
kolba, o‘lchov silindri, chinni kosacha, filtr qog‘oz, probirkalar, pipetkalar,
shtativ, asbest to‘ri, tigel, shpatel, gaz gorelkasi yoki spirt lampa.
Kerakli reaktivlar:10% li natriy ishqori, 10 % li xlorid kislota
eritmasi, kaliy gіdrosulfat kukuni, kaliy nitrat kukuni,natriy karbonat
kukuni, konsentrlangan nitrat kislota, molibdat reaktivi (tayyorlash:18,75 g
ammoniy molibdat 250 ml distillangan suvda eritilib, uning ustiga 250 ml
32 % li nitrat kislota ( sol.og‘ . 1,2) qo‘shiladi va cho‘kma erib ketguncha
aralashtiriladi).
132
Do'stlaringiz bilan baham: |