M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


- ish. E vitaminiga xos reaksiyalar


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   150
 
53- ish. E vitaminiga xos reaksiyalar 
 
E vitamini (tokoferol) benzopiren va geksadekan qoldiqlardan tashkil 
topgan bo‘lib, α, β va γ-tokoferollar shaklida uchraydi. Kimyoviy tuzilishi 
jihatidan trimetilgidroxinonning geksadekan bilan hosil qilgan mahsuloti 
hisoblanadii. α- tokoferolning tuzilishi quyidagicha: 
 
E vitamin antioksidant hisoblanib biologik faol moddalarni 
parchalanib ketishdan, kaliy ionini yuvilib ketishdan saqlaydi. 
Tokoferollar hayvon va o‘simlik mahsulotlarida, ayniqsa o‘simlik moylari, 
tuxum, sariyog‘, go‘sht va boshqa mahsulotlarda ko‘p uchraydi. 
Odamlarning E vitaminga bo‘lgan ehtiyoji bir kech-kunduzda 5-20mg ni 
tashkil etadi. 
Kerakli biomaterial: dorixonalarda sotuvda bo‘lgan α-tokoferolning 
0,1 % li spitrli eritmasi. 
Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, shisha tayoqcha
Kerakli reaktivlar: temir (III) xloridning 1 li eritmasi, konsentrlangan 
nitrat kislota. 
1-tajriba. E vitaminini temir (III) xlorid bilan rangli reaksiyasi 
 
Ishni bajarish tartibi Probirkaga 5 tomchi α-tokoferolning 0,1 % li 
spirtli eritmasi va 0,5 ml 1 % li temir (III) xloridning eritmasi solinadi hamda 
yaxshilab aralashtiriladi. Reaksiya natijasida E vitamini qizil rangli 
tokoferilxinonga aylanishi kuzatiladi. 


141 
2- tajriba E vitaminini konsentrlangan nitrat kislota bilan rangli 
reaksiyasi 
Ishni bajarish tartibi. Probirkaga 5 tomchi α-tokoferolning 0,1 % li 
spirtli eritmasi va 10 tomchi konsentrlangan nitrat kislota solib, yaxshilab 
aralashtiriladi. Reaksiya natijasida emulsiya hosil bo‘ladi va ikki qatlamga 
ajraladikyeyinchalik uning yuqori qismi moysimon qizil rangga kiradi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling