M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   150
Kerakli biomaterial. Baliq moyi, dorixonadan olingan D vitaminini 
xloroformda eritilgan konsentrati. 
Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, gaz gorelkasi yoki spirt 
lampa. 
Kerakli reaktivlar: surma (III)- xloridning xloroformdagi to‘yingan 
eritmasi, (48-ishdagi reaktiv) bromning xloroformdagi eritmasi, anilinning 
xlorid kislotada (15:1 nisbatda)gi eritmasi, sirka angidrid. 
1-tajriba. D vitaminining surma (III)- xlorid bilan rangli reaksiyasi 
 
Ishni bajarish tartibi. Ikkita probirka olib, ularning biriga baliq 
yog‘idan, ikkinchisiga D vitaminining xloroformda eritilgan konsentratidan 3 
tomchidan, har ikkalasiga sirka aldegididan 10 tomchidan tomizib 
aralashtirgandan keyin 5 tomchidan SbCl
3
ning xloroformdagi eritmasidan 
qo‘shiladi. Aralashmalarning sariq rangga bo‘yalishi namunalar tarkibida D 
vitamini borligidan dalolat beradi. 
 
2-tajriba. D vitaminini brombilan rangli reaksiyasi 
 
Ishni bajarish tartibi. Ikkita probirka olib, ularning biriga baliq 
yog‘ining xloroformdagi eritmasidan, ikkinchisiga D vitaminining xloroformda 
eritilgan konsentratidan 3 tomchidan tomizib, har ikkalasiga 3-4 tomchidan 
bromning xloroformdagi eritmasidan qo‘shiladi. Suyuqliklarning yashil-havo 
rang tusga kirishi na’muna tarkibida D vitamini borligini isbotlaydi. 
3-tajriba. D vitaminining anilin bilan rangli reaksiyasi 
 
Ishni bajarish tartibi. Ikkita probirka olib, ularning biriga baliq 
yog‘ining xloroformdagi eritmasidan, ikkinchisiga D vitaminining xloroformda 
eritilgan konsentratidan 2 ml dan solinadi, har ikkalasiga 2 ml dan anilinning 
xlorid kislotadagi eritmasidan qo‘shiladi va qaynaguncha qizdiriladi. 
Namunalar tarkibida D vitamini borligi sababli oldin sariq emulsiya paydo 


140 
bo‘ladi, keyin aralashmalar yashil va nihoyat qizil rangga o‘tadi. 2 daqiqadan 
keyin esa aralashmalardagi emulsiya ikki qavat hosil qilib, ochiq qizil rangli 
bo‘lib qoladi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling