Kerakli biomaterial: miya to‘qimasi
Kerakli jihozlar: hovoncha, quritkich shkaf, shisha tayoqcha, shisha
plastinka (10x10 sm), pipetkalar,pichoq,skalpel,probirkalar,voronka, fіltr
qog‘oz.
Kerakli reaktivlar: gips, xloroform, muz-sirka kislota, sirka angidrid,
konsentrlangan sulfat kislota, xolesterinning xloroformli eritmasi.
1-tajriba. Miya to‘qimasidan xolesterinni ajratib olish
Ishni bajarish tartibi. Hovonchaga 4-5 g miya to‘qimasidan
olib,pichok, skalpel yordamida yaxshilab kesib maydalanadi, ustiga 8-10 g
gips qo‘shib aralashtirib yanchiladi. Keyin hosil bo‘lgan massani shisha
plastinka ustiga yoyib asta sekinlik bilan gaz gorelkasi ustida tutib turib
quritiladi.Qurigan massani to‘liq ravishda quruq probirkaga solinadi. Unga
5-6 ml xloroform qo‘shib aralashtilib, 8-10 daqiqa tinch qo‘yib
qo‘yiladi.Hosil bo‘lgan xloroformli ekstrakt filtrlanadi va filtrat
xolesterinli manba sifatida olib qo‘yilib keyingi tajribalarni o‘tkazishda
foydalaniladi.
2-tajriba.Xolesteringa xos Sialkovskiy reaksiyasi
Ishnibajarishtartibi.Yuqoridagi tajriba (1-tajriba) dagi xolesterinli
filtratdan 2 ml olib, unga teng hajmda solishtirma og‘irligi 1,76 bo‘lgan
konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi. Bunda ikki suyuqlik o‘rtasida
qizil rangli halqa hosil bo‘ladi. Probirkadagi suyuqlik ohistalik bilan
aralashtirilib tindirilsa, ustki qavat qizil, pastki qavat esa yashil
fluoressensiyali sariq rangga bo‘yaladi.
3-tajriba. Xolesteringa xos Liberman-Burxard reaksiyasi
Ishni bajarish tartibi. Probirkaga yuqorida ajratib olingan
xolesterinli filtratdan 1 ml solib, ustiga 10 tomchi sirka aldegіd va 2
tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi hamda yaxshilab
aralashtiriladi. Bunda aralashma dastlab qizil,keyin qizg‘ish-binafsha,
binafsha-ko‘k va nihoyat barqaror yashil rangga bo‘yaladi.
135
Do'stlaringiz bilan baham: |