M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


-tajriba. Lesitin tarkibida fosfat kislota borligini aniqlash


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150
 
5-tajriba. Lesitin tarkibida fosfat kislota borligini aniqlash 
 
Ishni bajarish tartibi.Birinchi tajriba asosida ajratib olib qo‘yilgan 
lesitindan ozginasini tigelga solinadi va uni ustiga 2:1 nisbatda Na
2
CO
3
va 
KNO
3
kukuni aralashmasi qo‘shiladi hamda shisha tayoqcha yordamida 
aralashtirilib gaz gorelkasi yoki spirt lampasida suyuqlantiriladi. So‘ngra 
tigel sovitilgandan keyin unga 10-15 tomchi 32 % 
linitrat kislota
tomizib, 
yana aralashtiriladi.Aralashma tigeldan probirkaga ko‘chiriladi va unga 
molibdat reaktivi qo‘shilgandan keyin qizdiriladi. Sariq rangli loyqaning 
hosil bo‘lishi lesitinning parchalanishi natijasida fosfat kislota ajralib 
chiqqanidan dalolat beradi. 
 
50- ish. Biologik materialdan xolesterinni ajratib olish va unga xos 
sifat reaksiyalari 
Steroidlar siklopentanpergidrofenantrenning hosilalari bo‘lib, ko‘pdan 
ko‘p biogen birikmalarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida hayvonlar 
organizmining hamma hujayralari va suyuliklari tarkibida uchrovchi 
xolesterin, kaprosterin (axlat sterini), ergosterin va boshqalarni misol qilib 
keltirish mumkin. Kaprosterinning qisman oksidlanish mahsuloti o‘t 
kislotalari hisoblanib, o‘t tarkibida juft o‘t kislotalari, ya’ni ularning -
taurin va glikokoll bilan hosil qilgan amidlari sifatida mavjud bo‘ladi. 
Siklopentapergidrofenantrenning biogen hosilalari asta-sekin oksidlanish 
orqali o‘t kislotalaridan: xol, dezoksixol, xenodezoksixol, litoxol 
kislotalariga aylanishi mumkin.
Sterinlarning 
chuqurroq 
oksidlanishi 
sariq 
tana 
gormoni 
progesteronni, buyrak usti bezini mag‘iz qismi gormoni- kortikosteron, 11- 
dezoksikortikosteron, 17- oksikortikosteronlarni hosil bo‘lishiga sababchi 
bo‘ladi. Sterinlarning yon zarjirini tamoman oksidlanib ajralib ketishi 
testosteron, androsteron, estron va estrodiollarning hosil bo‘lishiga olib 


134 
keladi. Xolesterin hayvon massasining 0,25-0,30 % ni tashkil qiladi. U 
nerv to‘qimasining nay qismini 2-3 % ni, bosh miyani kulrang qismini 
009-1,4 % ni, oq moddasini esa 4,0-5,3 % ni tashkil qiladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling