18–Mavzu. Yog‘da va suvda eruvchi vitaminlarga xos reaksiyalar
Darsning maqsadi. Yog‘da va suvda eruvchi vitaminlarga xos
reaksiyalarni o‘tkazish ko‘nikmalarini egallash va ularni o‘tkazish orqali
vitaminlarning
biologik
ahamiyatiga
oid
nazariy
bilimlarni
mustahkamlash.
Yog‘da eruvchi vitaminlar
51- ish. A vitaminga xos reaksiyalar
A vitamini bir atomli birlamchi spirt bo‘lib, tuzilishi jihatidan β-ionon
xalqasiga kondensatlangan ikkita izopren qoldig‘i va birlamchi spirt
guruhidan hosil bo‘lgan:
A vitamini hayvon yog‘larida, jigarida, tuxum sarig‘ida ko‘p miqdorda
uchraydi. O‘simliklarda uning provitamini- karotinlar uchrab, ular α-, β- va γ-
karotinlar izomerlari holatida bo‘ladi. O‘simlik tarkibidagi karotinlar hayvon
organizmida A vitaminga aylanadi. Bunda α- va γ-karotinlardan bir molekula A
vitamin hosil bo‘lsa, β- karotindan bir yo‘la ikki molekula hosil bo‘ladi.
Odamlarning A vitaminiga bo‘lgan ehtiyoji 2,7 mg ni tashkil qiladi.
Kerakli biomaterial. Baliq moyi, A vitaminining xloroformdagi 0,05 % li
eritmasi.
Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar.
Kerakli reaktivlar: Surma (III)- xloridning xloroformdagi to‘yingan
eritmasi (tayyorlash: surma III-xlorid kristallarini xloroform bilan
rangsizlanguncha yuviladi. Uni xloroformdagi to‘yingan eritmasini tayyorlash
uchun ishlatiladigan xloroformli kalsiy xlor solingan eksikatorda saqlanganidan
xaydalaniladi va yu haroratida 6 soat qoldiriladi shunda bu tuzning 23% li
eritmasi hosil bo‘ladi.),sirka angidrid, xloroform, konsentrlangan sulfat kislota,
temir (II)- sulfatning muz sirka kislotadagi to‘yingan eritmasi.
138
Do'stlaringiz bilan baham: |