M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
DNK
RNK H 2 PO 4 H 2 PO 4 Dezoksiriboza Riboza Adenin Adenin Guanin Guanin Sitozin Sitozin Timin Uratsil Gidrolizat tarkibidan ko‘rinib turibdiki, DNK tarkibida karbonsuvlardan dezoksiriboza, RNK molekulasi tarkibida riboza uchraydi. Shuning uchun dezoksiribonuklein (DNK), ribonuklein (RNK) kislotalari deb nomlanadi. Ularning farqi shuki, agar DNK tarkibida azotli asos timin uchrasa, RNK tarkibida uratsil uchraydi. Dezoksiriboza va riboza DNK va RNK tarkibida ribofuranozalar shaklida uchraydi, β - dezoksiriboza, β - riboza deb nomlanadi: DNK va RNK molekulalarining asosini pirimidin va purin kabi aromatik geterotsiklik birikmalarya’ni azotli birikmalar tashkil etadi: 71 Molekulasitarkibidanko‘rinibturibdiki, purinmolekulasiikkihalqadan: pirimidinvaimidazolhalqalaridaniborat. Pirimidin asoslar 3 xil ko‘rinishda(sitozin, timin va uratsil) bo‘ladi: Purin asoslari esa 2 xil ko‘rinishda( adenin, guanin) bo‘ladi: Azotli asoslarga riboza yoki dezoksiriboza qo‘shilsa unda nukleozidlar hosil bo‘ladi va ularning nomlari o‘zaro mos holda adenin- adenozinga, guanin- guanozinga, sitidin- sitozinga, timin- timidinga, uratsil- uridinga aylanadi. Bu nukleozidlarga fosfat kislota qoldiqlari bitta, ikkita va uchtagacha birikishi mumkin hamda ular mono-, di- va trifosfotidlarhisoblanib ,ularni o‘zaro mos holda adenozin mono-, di- va trifosfatlar (AMF, ADF, ATF) va hokaza deb nomlanadi. Quyida o‘tkaziladigan laboratoriya mashg‘ulotlarini mavzulari nuklein kislotalarini biomateriallardan ajratib olish, gidrolizlash va olingan gidrolizatlar tarkibini o‘rganishga qaratilgan. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling