72
Darsning maqsadi. Achitqi, qoramolni talog‘i, jigaridan umumiy
nukleoprotein (UNP) va dezoksiriboprotein(DRP) larni ajratib olishga va
ularning xossalariga oid nazariy bilimlarni muhokama qilish va kimyobiy
reaksiyalar o‘tkazish asosida mustahkamlash va tegishli xulosalarga
kelish.
Kerakli biomaterial:achitqi, qoramol yoki qo‘yning talog‘i, jigari.
Kerakli jihozlar: chinni
hovoncha, pipetka, laboratoriya sentrifugasi,
sentrifuga tarozisi, yog‘och
tayoqcha, stakan, silindr, shisha tayoqcha,
sentrifuga
probirkalari,
oddiy
kimyoviy
probirkalar,
o‘lchagich
silindr,mayda shisha bo‘lakchalari.
Kerakli reaktivlar: 1 N NaCl ning eritmasi;difenilaminli
reaktiv
(tayyorlash: 1,0g difenilamin 100 ml 1 % li muzsirka kislotada eritilib,
ustiga 2,8 ml konsentrlangan sulfat kislotasi qo‘shiladi); 0,4 % li natriy
ishqori eritmasi; 5 % li sirka kislota eritmasi; efir (dietil efir); 5% li sirka
kislota eritmasi.
29- ish. Biomateriallardan nukleoproteinlarni ajratish
Quyida umumiy nukleoprotein(UNP)larni achitqi, qoramolni jigari
yoki talog‘idan, dezoksiribonukleoprotein (DRNP)larni esa, qoramol
talog‘idan
ajratib olish, shuningdek ajratib olingan DRNP ga xos sifat
reaksiyasini o‘tkazish tajribalari keltirilgan.
1-tajriba. Achitqidan nukleoproteinlarni ajratib olish
Ishni bajarish tartibi.Chinni hovonchaga 1
g achitqi solib, uning
ustiga 1-2 tomchi efir, 4-5 tomchi suv tomiziladi va 0,2-0,4
g shisha
maydasi solinadi, so‘ngra 1-2 daqiqa yanchiladi. Shundan so‘ng aralashma
ustiga o‘yuvchi natriyning 0,4% li eritmasidan 4 ml quyib, yana 5
daqiqa
tuyib yanchiladi. Hovonchadagi massa sentrifuga probirkasiga solinadi,
ikkinchi
shunday
probirkaga
suv
quyib,
sentrifuga
tarozisida
tenglashtiriladi va 10 daqiqa sentrifugalanadi.
Sentrifugat pipetka
yordamida toza hovonchaga o‘tkaziladi va shisha tayoqcha yordamida,
aralashtirib turgan holda 5% li sirka kislota eritmasidan 1,5 ml quyiladi.
Bunda nukleoproteid cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Hovonchadagi aralashma
pipetka yordamida sentrifuga probirkasiga o‘tkaziladi va 10 daqiqa
sentrifugalanadi. Sentrifugat to‘kib tashlanadi, nukleoprotein cho‘kmasi
keyingi laboratoriya ishlarini o‘tkazish uchun olib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: