M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
-mavzu. Fermentlarning xossalarini o‘rganish
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-ish. Fermentlar faolligiga haroratning ta’siri Keraklibiomaterial : so‘lak. Kerakli jihozlar
- Ishni bajarish tartibi.
11-mavzu. Fermentlarning xossalarini o‘rganish
Darsning maqsadi. Fermentlarning termolabilligi, maxsusligi va ularning faolligiga muhit pH ning, substrat, ferment konsentratsiyalari hamda faollovchi va ingibirlovchi moddalarning ta’sirlariga oid bilim malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash. 32-ish. Fermentlar faolligiga haroratning ta’siri Keraklibiomaterial: so‘lak. Kerakli jihozlar:shtativ,probirkalar, muzli stakan, suv xammomi yoki termostat, pipetkalar, Kerakli reaktivlar:kraxmalning 1% li eritmasi, 10 marta suyultirilgan so‘lak eritmasi, yodning 0,1% li eritmasi. Fermentlarningfaolligiga ferment va substratning konsentratsiyasidan tashqari enzimatik reaksiyaning ishtirokchilari, temperatura, vodorod ionlari konsentratsiyasi, faolligiga va paralizatorlar ham asosiy ta’sir qiluvchi omillar hisobdanadi. Bu omillarning ferment katalitik faolligiga ta’sir qilish mexanizmi enzimning faol markazi shakllanishiga, fermentativ reaksiyaning asosiy sharti bo‘lgan ferment bilan substratning kompleks hosil qilishi uchun sharoit yaratilishiga bog‘liq Har qanday katalitik reaksiyalar singari fermentativ reaksiyaning tezligi harorat oshishi bilan oshib boradi. Lekin fermentlar anorganik katalizatorlardan farq qilib, ularning faolligini oshishi 40-45°C gacha davom etadi, 50-60°C dan boshlab faollik birdaniga pasaya boshlaydi, 70- 75°C ga yetganda esa, ferment denaturatsiyalanib, faoliyatini umuman to‘xtatadi. Ishni bajarish tartibi. 4 ta probirka olib, ularning har biriga 10 tomchidan 1%li kraxmal eritmasidan quyiladi, birinchi probirkani muzli 83 stakanga, ikkinchisini xona temperaturasiga, uchinchisini 45°C li suv hammomiga, to‘rtinchisini 75°C li suv hammomi yoki termostatga quyiladi, 5 daqiqa daqiqa o‘tgandan keyin probirkalarning hammasiga shu turgan holatida 10 marta suyultirilgan so‘lakdan 10 tomchidan qo‘shib, yana 5 daqiqaga dastlabki holatdagi sharoitda qoldiriladi. Bu muddat o‘tgandan so‘ng probirkalardagi aralashmalardan alohida probirkalarga 1-2 tomchidan olib, ustiga 1 tomchidan 0,1% li yod eritmasidan tomiziladi. Agar hamma probirkalardagi suyuqliklar ko‘k rangga kirsa, inkubatsiya yana 5 daqiqa davomida qoldiriladi va yod bilan reaksiya qaytadan qilib ko‘riladi. Yod bilan kraxmal ko‘k rang hosil qilsa, amilodekstrin bilan (mol.og‘.=10000Da) ko‘k-binafsha, eritrodekstrin bilan(mol.og‘.=4000- 6000 Da) bilan to‘q qizil ranga bo‘yaladi, axrodestrin bilan (3700 Da atrofida) deyarli bo‘yalmaydi, maltodekstrin bilan(1000 Da) bilan ham hechqanday rang hosil qilmaydi.Turli xil probirkalardagi suyuqliklar yod bilan har xil rangga kirishi kraxmalning har xil darajada gidrolizlanganidan darak beradi. Fermentativ reaksiyaning eng yuqori tezligiga 45°C ga ketadi. Gidrolizning eng sekin ketishi yoki amalda ketmasligi 1- va 4-probirkalarda, ya’ni 0° va 75°C da kuzatiladi. Tajriba natijalari jadvalda (8-jadval) qayd qilinadi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling