M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


- tajriba. Gidrolizatlarning oqsilga oid rangli reaksiyalari


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150
1- tajriba. Gidrolizatlarning oqsilga oid rangli reaksiyalari 
 
A.Biuret ryeaksiyasi. 
Ishni bajarish tartibi. Ikkita probirka olib biriga achitqi 
nukleoproteini gidrolizatidan, ikkinchi probirkaga qoramol talog‘i yoki 
jigari nukleoproteini gidrolizatidan 0,5 mldan tomiziladi, ularning ustiga 1 
ml dan 10 % natriy ishqori va 2 tomchidan mis sulfat tuzi eritmasidan 
qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Reaksiya ijobiy bo‘lsa aralashmalar 
binafsha ranga bo‘yaladi. 
B.Ningidrin reaksiyasi. 


76 
Ishni bajarish tartibi. Ikkita probirka olib biriga achitqi 
nukleoproteini gidrolizatidan, ikkinchi probirkaga qoramol talog‘ i yoki 
jigari gidrolizatidan 0,5 mldan tomiziladi, ularning ustiga 5-6 tomchi 
ningidrinning 0,2 % li eritmasidan tomizib yaxshilab aralashtiriladi. 
Reaksiya ijobiy bo‘lsa, aralashmalar binafsha ranga bo‘yaladi. 
 
C. Ksantoprotein reaksiyasi. 
Ishni bajarish tartibi. Ikkita probirka olib biriga achitqi 
nukleoproteini gidrolizatidan, ikkinchi probirkaga qoramol talog‘ i yoki 
jigari nukleoproteini gidrolizatidan 0,5 ml dan tomiziladi, ularning ustiga 
5-6 tomchi konsentrlangan nitrat kislota eritmasi tomizib yaxshilab 
aralashtiriladi va biroz qizdiriladi. Reaksiya ijobiy bo‘lsa, aralashmalar 
sariq ranga bo‘yaladi. Aralashma sovigach konsentrlangan ammiak 
eritmasi bilan to‘yintiriladi va ishqoriy muhitda aralashma gulobi ranga 
o‘tadi. Bu reaksiya gidrolizat tarkibida aromatik aminokislotalar borligidan 
dalolat beradi. 
D. Adamkevich reaksiyasi. 
Ishni bajarish tartibi. Ikkita probirka olib biriga achitqi 
nukleoproteini gidrolizatidan, ikkinchi probirkaga qoramol talog‘i yoki 
jigari nukleoproteini gidrolizatidan 0,5 ml dan tomiziladi, probirkalarni 
qiyshaytirib ularning devori bo‘ylab 1 ml konsentrlangan sirka kislota va 
1ml konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Bunda suyuqliklar 
uchrashgan chegarada qizg‘ich-binafsha halqa hosil bo‘ladi. Bu reaksiya 
nukleorotein gidrolizati tarkibida triptofan borligidan dalolat beradi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling