M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FERMENT (ENZIM)LAR
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Nuklein kislotalar necha xil bo‘ladi ? 2. Nuklein kislotalar kim tomonidan kashf etilgan ? 3. Qanday azotli asoslarni bilasiz? 4. Nukleozid nima? 5. Nukleotidchi? 6. DNK va RNK nima bilan farqlanadi? 7. Nukleoproteinlar tarkibida oqsil mavjudligini qanday aniqlash mumkin? 8. Azotli asoslar borliginichi? 9. Pentozalarni mavjudliginichi? 10. Fosfat kislota borliginichi? 11. Komplementarlik nima? 12. Nuklein kislotalar organizmda qanday funksiyalarni bajaradi? FERMENT (ENZIM)LAR Fermentlar yoki enzimlar oqsil tabiatli moddalar bo‘lib, biokatalizatorlik vazifasini bajaradi. Ferment atamasi lotincha «Fermentatio» «achish», «bijg‘ish» yoki grekcha «yen» - ichida, «zime» - achitqi atamalaridan olingan. Ular ta’sirida moddalarning parchalanishi 78 yoki kerakli moddalarning biologik sinteziga oid murakkab kimyoviy reaksiyalar, qisqa vaqt ichida, nisbatan past haroratlarda o‘tadi. Ular bunday biokimyoviy reaksiyalarni million, hatto, milliard marta tezlashtiradi, o‘zlari esa o‘zgarishsiz qoladilar. Ferment atamasini, birinchi marta, gollandiyalik tabiatshunos Van- Gelmot tomonidan ovqatlik moddalarning hazm bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan maxsus moddalarga nisbatan qo‘llanilgan. K. S. Kirxgoff 1814 yili arpa doni maysasidan olingan ekstraktli ta’sirda kraxmalni qandlanib, maltozaga aylanishini ko‘rsatgan. 1883 yilda Payon bilan Perso arpa doni maysasi ekstraktidan spirt bilan cho‘ktirish orqali kraxmalni qandga aylantiruvchi diastaza fermentini ajratib olishadilar. Keyinchalik diastaza faolligi so‘lakda ham uchrashi aniqlangan. Fransiyalik Lui Paster(1822-1885) achish jarayonini har tomonlama o‘rganib spirtli bijg‘ish faqat mikroorganizmlar - achitqilar hayoti bilan bog‘liq, ulardagi fermentlar ichki fermentlar ya’ni enzimlardir, ular tashqi fermentlardan farq qiladi, deb tushuntirgan. Nemis olimi Libix(1803-1873) fermentlar to‘g‘risidagi bunday ikki xil tushunchani e’tiroz bilan qabul qilib, u mikroorganizmlarning hayot- faoliyatiga emas, balki hujayra ichidagi fermentlarga bog‘liq deb tushuntiradi. Bu muammoni 1897 yilda Byuxner deganolim glukozani etil spirti vaCO 2 ga parchalaydigan erkin achitqi ekstraktini ajratib olishi bilan hal etib berdi. Bunday ekstraktni Byuxner zimaza deb atagan. Achish - zimaza ta’sirida hujayradan tashqarida o‘tishi isbotlandi. Keyinchalik spirtli achish bilan mushaklardagi glikoliz bir xil jarayon, ya’ni karbonsuvlarning anaerob sharoitda parchalanishi ekanligi isbotlandi. Fermentli moddalarning borligi to‘g‘risidagi tushunchalar I. P. Pavlovning ilmiy-tadqiqot ishlarida ham ma’lum bo‘lgan. U 1892 yili me’da shirasining hosil bo‘lishini, itlar ustida o‘tkazgan tajribalarida o‘rganib, me’da shirasi qancha ko‘p miqdorda ishlab chiqilsa, shuncha ko‘p miqdorda oqsilni parchalanishini isbotlagan, fermentlar ham oqsil tabiatli moddalar ekan deb xulosaga kelgan. 1926 yilda J. Samner degan olim uryeaza fermentini kristal holatda ajratib olgan. Xuddi shunday, 1930-1936 yillarda Nortrop degan olim pepsin bilan tripsin fermentlarini ajratib olgan va ular oqsil tabiatli moddalar ekanligini isbotlagan. Shunisi tavsifliki, har bir ferment faqat maxsus bir kimyoviy o‘zgarishni katalizlaydi, ya’ni har bir ferment o‘ta maxsusligi bilan farqlanadi. Bunday maxsuslik faqat optimum temperaturani, muhit(pH)ni, maxsus aktivatorlarning ishtirokini talab etadi. Jumladan, pepsin uchun 79 optimum pH 1,5-2,5; tripsin uchun - 8-11; amilaza uchun - 6,7-6,9; lipaza uchun - 8,3-8,5; ishqoriy fosfataza uchun - 9,0 bo‘lganda ularning ta’sir etishi kuzatiladi. Ko‘pgina fermentlar o‘zlarining katalitik faolligini ma’lum bir moddalar, ionlar ishtirokida amalga oshiradi, ularni fermentlarning faollashtiruvchi moddalari(aktivatorlari) deb atashadi. Masalan, so‘lak amilazasi Cl - ishtirokida, arginaza – Co ++ , Ni ++ , Mn ++ , ATF-faza - Ca ++ , membrana ATF-azasi - Na + , K + ishtirokida faollashadilar. Ayrim moddalarning ionlari fermentlar faolligini susaytiradi. Aniqrog‘i, ferment molekulasining faol markazini chegaralaydi. Masalan, suksinatdegidrogenaza qahrabo kislotasini oksidlaydi. Agar reaksiya paytida malon kislotasi ishtirok etib qolsa, ferment o‘z ta’sirini qahrabo kislotasiga o‘tkazolmay qoladi: Bunday moddalarni fermentning ingibitori deb atashadi. Amalda ko‘pgina fermentlar uchun Ag + , Hg ++ , Pb ++ kationlari ana shunday ingibatorlik vazifalarini bajarishadi. Odatda fermentlarning nomi ular ta’sir qiladigan modda yoki tegishli biokimyoviy jarayonning lotincha nomi oxiriga «-aza» qo‘shimchasini qo‘shib tuziladi. Masalan, gidroliz jarayonini katalizlaydigan fermentlar gidrolazalar, oksidlanish jarayonini katalizlaydigan fermentlar - oksidazalar deb ataladi. Shuningdek, saxarozaga ta’sir qiladigan ferment - saxaraza, laktozani parchalaydigan ferment - laktaza, kraxmal (lotincha «Amylum») ga ta’sir etadigan ferment - amilaza deb nomlanadi va hokazo. Tirik mavjudotlarda o‘tadigan fermentli reaksiyalar mexanizmi juda murakkab bo‘lib, ular tez, sekundning kichik ulushlarida sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham fermentli reaksiyalarning mexanizmlari to‘liq ishlab chiqilmagan. Lekin bu sohada juda ko‘p izlanishlar olib borilib, ularning ba’zi bir sohalari hal qilingan. Fermentli reaksiyalarning mexanizmi, ko‘pincha, oraliq moddalar nazariyasi asosida tushuntiriladi va unga muvofiq, oksidlanuvchi substrat avval fermentning faol markaziga birikib, ferment-substrat majmuali birikmasini hosil qiladi. So‘ngra bu majmuali birikma o‘zgarib, ferment va hosil bo‘ladigan mahsulotlarga parchalanadi. Ferment-substrat majmuiy birikmalarining hosil bo‘lishi tajribalarda o‘rganilgan. Hozirgi vaqtda 80 ularni aniqlaydigan maxsus analizatorlar ishlab chiqilgan. Ayrim ferment- substrat majmuiy birikmalari kristall modda holida ajratib olingan, ularning tuzilishi ya’ni ferment bilan substratning o‘zaro munosabati aniqlangan. Fermentning faol markazi shakllangan joyda maxsus botiqlik, ya’ni «cho‘ntak» bo‘lib, ularga muayyan fermentning substrati yaqinlashganda, u bilan birga tegishli aminokislota qoldig‘i o‘rtasida bog‘lanish paydo bo‘ladi. «Cho‘ntak» - substrat bog‘ tufayli, qulf-kalit singari komplementar majmuali birikma hosil bo‘ladi, «cho‘ntak»ning fazoviy tuzilishi(konformatsiyasi) substratning fazoviy qurilishiga mos keladi. Shu sababli qulf-kalit tabiati jihatidan bu bog‘lanishlar donor-akseptor, ionli, kovalent va boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Agar substrat ferment yuzasidagi ayni botiqlikka mos kelmasa, bog‘lanishlar yuzaga chiqmaydi. Ba’zi fermentlarning faollik markazi substrat yaqinlashgandagina ma’lum shaklga kelib, molekulaning deyarli hamma qismi harakatga kelib, reaksiya ancha tez va oson borishini ta’minlaydi. «Cho‘ntak» substrat yaqinlashganda o‘zgarib, hatto, qapqog‘i yopiladi, substrat uchun ma’lum muhit yaratadi. Lekin substrat fermentga mos kelmasa, uning molekulasida tegishli shakliy o‘zgarish bo‘lmaydi. D. Koshland fikricha qo‘lqop panjaga qarab qanday shaklini o‘zgartirsa, muayan ferment ham shaklini shunday o‘zgartiradi: Fermentlarni tasniflash (klassifikasiyalash) tomoyillari Xalqaro biokimyogarlar ittifoqini 1961- yilda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan V kongressida ishlab chiqildi. Hozirgi kunda barcha organik moddalarni tasniflashni hisobga olganda ular orasida fermentlarning tasniflanishi eng mukammali hisoblanadi. Chunki bu tasniflashni qo‘llanilishi fermentlarni nomlash va tartib bo‘yicha joylashtirishda ham hisobga olingan bo‘lib, hattoki faqat tartib raqamlarini keltirishning o‘zi ularning nomlarini keltirmasdan ham olimlar tomonidan qaysi ferment haqida so‘z yuritilayotganini bilib olish imkoniyatini yaratadi. Bunda fermentlarni tartib raqami bilan keltirish uchun dastlabki raqam sinflarning 1- Oksireduktazalar, 2-Transferazalar, 3-Gidrolazalar, 4-Liazalar, 5- Izomerazalar va 6-Ligazalar (yoki Sintetazalar) dan foydalaniladi. Keyingi keltiriladigan uchta raqamlarlarning birinchisi fermentning kimyoviy tabiatini ifodalovchi(u oddiy yoki murakkab oqsil tabiatlimi?, murakkab oqsil tabiatli bo‘lsa, uning nooqsil tabiatli qismi qanday?) tamoyili, ikkinchisi -ferment ta’sir etadigan substratning kimyoviy tabiatini, uchinchisi katalizlovchi reaksiyaning xilini e’tiborga oluvchi tamoillar 81 hisoblanadi. Demak tasniflash jarayoni fermentlarni sinflarga, sinflarni kenja sinflarga, kenja sinflarni quyi kenja sinflarga bo‘lish va nihoyat quyi kenja sinflarni tartib raqami bilan raqamlar asosida belgilashga kelishib olingan. Bunda sinflar oltita ekanligi uchun dastlabki raqam muayyan fermentning qaysi sinfga mansubligiga qarab 1 dan 6 gacha tartibda bo‘ladi. To‘rt raqamli tartibda keltirilgan raqamlarning ikkinchi raqami kenja sinfga xos tartib raqam, uchinchi raqam quyi kenja sinfga xos bo‘ladi va nihoyat quyi kenja sinfdan keyingi ya’ni, to‘rtinchi raqam muayyan fermentning katalizlovchi reaksiyani tavsiflovchi tartibraqami hisoblanadi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling