M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
-jadval Ferment faolligiga haroratning ta’siri
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli biomaterial
- Ishni bajarish tartibi.
8-jadval
Ferment faolligiga haroratning ta’siri Tekshirilayotgan eritmaning yod bilan bergan rangi. 0 0 C 20 0 C 45 0 C 75 0 C Rangli mahsulotning nomi 33-ish. Fermentlarning maxsusligi. Fermentlarning eng muhim xususiyatlaridan biri, ulardan har birining ta’siri o‘ziga xosligidir, ya’ni ularning maxsusligidir . Fermentlarning maxsusligi, ularning ma’lum bir substratga yoki kimyoviy bog‘lanish turiga ko’rsatadigan ta’sirida namoyon bo‘ladi. Masalan, amilaza faqat kraxmalni maltoza va glukozagacha parchalasa, saxaroza yoki laktozaga umuman ta’sir ko‘rsatmaydi. Achitqi hujayrasidagi saxaraza esa laktoza yoki 84 kraxmalni parchalamaydi, faqat saxarozani glukozava fruktozaga gidrolizlaydi. Ferment bilan substrat orasidagi o‘zaro aloqaning o‘ziga xosligining asosiy sababi ferment faol markazining strukturasi bilan substrat molekulasining fazoviy tuzilishi orasidagi monandlikdir. Kerakli biomaterial:so‘lak, achitqi shirasi Kerakli jihozlar:shtativ (probirkalari bilan), pipetkalar, suv hammomi, Kerakli reaktivlar:kraxmalning 1% li eritmasi, saxarozaning 1 % li eritmasi, 5 marta suyultirilgan sulak, achitqi, lyugol eritmasi (tayyorlash: 20 g KI ni va 10 g Kristal yodni 100 ml distillangan suvda eritiladi ishlatishdan oldin suv bilan 5 marta suyultiriladi), 1:5 nisbatda distillangan suv bilan suyultirilgan so‘lak eritmasi; 1%-kraxmal eritmasi; Trommer reaktivi (tayyorlash: 5% - CuSO 4 eritmasi va 10% - NaOH yoki KOH eritmalari 1:1 nisbatda aralashtiriladi). Ishni bajarish tartibi.4 ta probirka olib,1-2 tasiga 10 tomchidan 1% li kraxmal, qolgan 3-4 tasiga 10 tomchi 1% li saxaroza eritmasi qo‘yiladi. 1- va 3-probirkalarga 5 marta suyultirilgan so‘lakdan 5 tomchidan, 2- va 4- probirkalarga 5 tomchidan achitqi shirasidantomizib, 38° C li suv hammomiga 10 daqiqa qo‘yiladi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgandan keyin birinchi ikkita probirkadagi aralashmaga yod ta’sir ettiriladi. 3-4 probirkalardagi suyuqlik bilan Trommer reaksiyasi qilimadi ya‘ni ularga 0,5 ml Trommer reaktivi qo‘shiladi. Rangli reaksiyalar natijasiga qarab femintlarning maxsusligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Trommer reaksiyasi ijobiy bo‘lsa aralashma oldin sariq so‘ng qizil rangga bo‘yaladi. Bundan keyin natijalar 9-jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling