M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


–mavzu. Fermentlarni biomateriallardan ajratib olish va


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150
 
12–mavzu. Fermentlarni biomateriallardan ajratib olish va 
faolligini aniqlash 
Ma’lumki, organizmda kechadigan barcha reaksiyalar fermentlar 
ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Hayotiy jarayonlar modda va energiya 
almashinuvi asosida sodir bo‘lib, organizmning to‘qima va organlari bu 
jarayonlarda o‘ziga xos xilma xil funksiyalarni bajarish orqali ishtirok 
etadi. Bu jarayonlaning barchasi kimyoviy jarayon bo‘lib, ularda xilma xil 
fermentlar qatnashadi va bu fermentlarning tegishli organ va 
to‘qimalarning hujayralari organellalarida lokalizatsiyalangan bo‘ladi. Shu 
sababli bu fermentlarning to‘qima va organlardagi lokalizatsiyasi, 
biomaterialdan ularni ajratib olish va faolligini aniqlashga oid ishlarni 
bajarish muhim ahamiyatga egadir. 
Darsning maqsadi: Fermentlarning to‘qima va organlardagi 
lokalizatsiyasi, biomaterialdan ularni ajratib olish va ularning faolligini 
aniqlashga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda 
mustahkamlash
 
37- ish. Ayrim fermentlarni biomateriallardan ajratib olish 
 
Keraklibiomateriallarqoramol (yoki qo‘y) oshqozoni (me‘dasi). 
Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar,kristallizator, voronka, filtr 
qog‘oz, sentrifuga probirkalari bilan, doka, shisha tayoqcha, vakum 
eksikator quritish moslamali moddasi bilan, suv hammomi. 
Kerakli reaktivlar:0,5% li xlorid kislota eritmasi, natriy xlor tuzi 
kukuni.
1-tajriba. Pepsinni qoramol( qo‘y) me’dasidan ajratib olish 
 
Ishni bajarish tartibi.Bir bo‘lak qoramol me’dasi yaxshilab 
maydalanadi va uni ustiga 10 hajmda 0,5% xlorid kislota qo‘shib 20-30
0



93 
li sharoitda 3-5 soatga tinch qo‘yib qo‘yiladi. So‘ng 4 qavatli doka orqali 
filtrlanadi, bunda qolgan qoldiq ustiga 5 hajmda 0,5 % li xlorid kislota 
qo‘shib yana 3-5 soatga ekstraktsiya uchun qo‘yiladi. Ekstrakt 4 qavatli 
doka orqali filtrlanib, filtrat oldingi filtrat bilan birlashtiriladi. Filtratni 
natriy xlorning kukuni yordamida15 % gacha to‘yintiriladi. Hosil bo‘lgan 
cho‘kma sentrifugalash asosida cho‘ktirilali. Cho‘kmani yana 0,5 % li 
xlorid kislotada eritilib, qaytadan natriy xlor yordamida cho‘ktiriladi va 
sentrifugalanadi. Cho‘kmani vakum eksikatorga joylashtirib,unda namini 
so‘rib olish yo‘li bilan quritiladi va keyingi tajribalarda foydalanish uchun 
olib qo‘yiladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling