M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kerakli biomaterial: so‘lak
. Kerakli jihozlar: shtativ probirkalari bilan, termostat, 50 ml li byuretka 2 dona, 1 ml li pipetkalar, 10 ml li o‘lchovli probirkalar, voronka, shisha tayoqcha. Kerakli reaktivlar:1% kraxmal eritmasi, Lyugol eritmasi. Ishni bajarish tartibi.10 ta raqamlangan probirkalarshtativga joylashtiriladi va ularning har biriga byuretkadan 1ml dan suv solinadi. Og‘iz bo‘shlig‘ini distillangan suv bilan chayqagandan keyin so‘lakni filtr qog‘oz joylashtirilgan voronka orqali probirkaga yig‘ib olinadi. Filtrlangan so‘lakdan 1 ml o‘lchab olib, 10 ml li o‘lchovli probirkaga solinadi va uni hajmini 10 ml ga yetkaziladi. Probirkadagi aralashmani shisha tayoqcha yordamida aralashtirgandan keyin undan 1 ml ni pipetka bilan so‘rib olib shtativga joylashtirilgan birinchi probirkaga ko‘chiriladi va hajmi distillangan suv yordamida 10 ml ga yetkaziladi. Hosil bo‘lgan aralashma 3-4 marta pipetkaga so‘rib olish va yana probirkaga qaytarish yo‘li bilan yaxshilab aralashtiriladi. Keyin birinchi probirkadan 1 ml olib ikkinchi probirkaga solinadi uni hajmi ham suv bilan 10 ml ga yetkaziladi va yana yuqorida keltirilgan tartibda aralashtirib, undan ham 1ml ni olib uchinchi probirkaga ko‘chiriladi, hamda so‘lakni suyultirish shu tartibda o‘ninchi probirkagacha davom ettiriladi. O‘ninchi probirkadagi aralashma yaxshilab aralashtirilgandan so‘ng undan 1 ml olib tashlab yuboriladi. Probirkalarga byuretkadan 2 ml dan kraxmal eritmasi va 1 ml dan distillangan suv qo‘shiladi va yaxshilab aralashtirgandan keyin 30 daqiqaga 38 o C li termostatga joylashtiriladi. Bundan keyin probirkalar vodoprovod suvida sovitilib har birini ustiga 1 tomchidan Lyugol eritmasi tomiziladi. Kraxmalning parchalanishi sodir bo‘lgan so‘lakning eng yuqori suyultirilish ko‘rsatkichi aniqlanib amilaza faolligi hisoblab topiladi. Agar kraxmalning parchalanishi 1-4 probirkalarda yuz bergan bo‘lsa, tajriba boshlanishidan oldin so‘lak 10 martaga, 4probirkada 16 marta suyultirilganini (umumiy suyultirilishi 1:160 ) hisobga olib ferment faolligini hisoblab topish mumkin. Shunday qilib proporsiya tuziladi, ya’ni suyultirilishi 1/160 bo‘lgan so‘lak 2 ml kraxmal eritmasini parchalasa, 1 ml so‘lak X ml kraxmalni parchalaydi, bundan: kelib chiqadi. 90 Demak 38 o C da 30 daqiqa davomida aniqlangan so‘lak amilazasi faolligi A 38* 30’ = 320 birlikka teng. Tajriba natijalari quyidagi (12- jadval)cha tarzida rasmiylashtiriladi va tegishli xulosa chiqariladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling