97
Kerakli jihozlar: shtativ,probirkalar,suv hammomi,pipetkalar
Kerakli reaktivlar:1%
li siydikchil eritmasi, fenolftaleinning 0,01 %
li eritmasi
.
Ishni bajarish tartibi
.
Probirkaga 2 ml 1% li siydikchil eritmasi
solib, ustiga bir tomchi 0,01 % li fenolftalein va 30-ishning 4-
tajribasi
asosida ajratib olingan ureaza preparatining 0,02 % li eritmasidan 1ml
solinadi. Aralashmani 40
o
Cli suv hammomiga ko‘chirib 30 daqiqa tutib
turiladi. Boshqa probirkada xuddi shunday tartibdagi
reaksiyani ureazali
eritmani qaynash darajasigacha qizdirgandan keyin amalga oshiriladi.
Bunda ureaza fermenti siydikchilga ta’sir etib, uni gidrolizi natijasida
ammiak hosil bo‘lganligi sababli birinchi
probirkada muhit reaksiyasi
ishqoriy tomonga o‘zgarib aralashma to‘q qizil rangga bo‘yaladi. Ikkinchi
probirkadagi aralashmani rangi o‘zgarmaydi, chunki uni tarkibidagi ureaza
fermentini qizdirganda faolsizlangan va siydikchil parchalanmaydi.
5-Tajriba. Tirozinaza(o-difenoloksidaza) ga xos sifat reaksiyalari
A. Kartoshka shirasi tarkibidagi tironazani aniqlash
Kerakli biomaterial:kartoshkani shirasi
.
Keraklijihozlar:termostat, spirt lampa, shtativ, probirkalar,
Kerakli reaktivlar:0,01 M tirozin aminokislotasi eritmasi.
Ishni bajarish tartibi.Ikkita probirka olib ularga 10
tomchidan
kartoshka shirasi solinadi. Probirkalardan biri qaynash darajasigacha
qizdiriladi. So‘ng har ikkala probirkaga 2 tomchidan tirozinning 0,01 M
eritmasidan 2 tomchidan tomizilib aralashmalar 30 daqiqaga 40
o
C li
termostatga ko‘chiriladi. Bunda qizdirilmagan probirkadagi aralashmaning
rangi qorayb ketadi. Qizdirilgan probirkada esa hyechqanday o‘zgarish
ko‘zga tashlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: