M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kerakli reaktivlar: 0,05 N natriy ishqori, fenolftaleinning 0,01 % li
eritmasi. Ishni bajarish tartibi.Oltita stakancha olib, ularning hammasiga 1 ml dan qaymoq emulsiyasi va 5 tomchidan 30- ishning 2- tajribasida ajratib 96 olingan lipazali preparatdan 5 tomchi tomiziladi. Bundan keyin birinchi probirkaga 1 tomchi fenolftaleinning 0,01 % li eritmasidan qo‘shiladi va aralashmani 0,05 N natriy ishqori yordamida gulobi rang hosil bo‘lgunga qadar titrlanadi. Qolgan stakanchalar 38 o C li termostatga ko‘chiriladi. Bu stakanchalarni ikkinchisidan boshlab beshinchisigacha har 10 daqiqa oralig‘ida bittadani fenolftalein ishtirokida 0,05 N natriy ishqori yordamida titrlanadi. Titrlash natijalari qayd qilinib, tegishli xulosalar keltirib chiqariladi. 3-tajriba. Saxarazani faolligini sinab ko‘rish Kerakli biomaterial: 30-ishning 3- tajribasida ajratib olingan saxarozali preparat. Kerakli jihozlar: Termostat, byuretka, shtativ, probirkalar. Kerakli reaktivlar:Trommer eritmasi(tayyorlash: 2 ml 10% li natriy ishqori eritmasiga 1 ml 5 % li mis sulfat qo‘shiladi), Selivanov reaktivi (tayyorlash:0,05 g rezorsinga ikki marta suyultirilgan xlorid kislotadan 100 ml qo‘shiladi) saxorozani 5 % eritmasi. Ishni bajarish tartibi.Ikkita probirka olib, ikkalasiga ham 1 ml dan 30- ishning 3- tajribasida ajratib olingan saxarazaning 0,01% li eritmasidan solinadi va ikkinchi probirkadagi saxaraza fermentini denaturatsiyalash maqsadida qaynash darajasigacha qizdiriladi. So‘ng ikkala probirkani shtativga joylashtirilib har biriga 3 ml dan saxarozaning 5 % li eritmasidan qo‘shib 20 daqiqaga 40 o C li termostatga ko‘chiriladi. Bundan keyin birinchi va ikkinchi probirkalardagi aralashmalarning har biri yana ikkitadan probirkalarga bo‘linadi va ularning birinchilari bilan Trommer, ikkinchilari bilan Selivanov reaksiyalari o‘tkaziladi. Reaksiya natijasida birinchi probirkaning ikkala bo‘lagi bilan o‘tkazilgan reaksiyalar ijobiy bo‘ladi. Chunki bunda saxaroza ta’sirida saxaroza parchalanib glukoza(Trommer reaksiyasi) va fruktoza (Selivanov reaksiyasi)ga aylanadi. Ikkinchi probirkadagi aralashmalarning ikkala bo‘lagida ham ferment faolsizlanganligi sababli saxaroza parchalanmaydi va reaksiyalar ijobiy bo‘lmaydi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling